1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə28/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
Dars jarayonida o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi. Keyingi dars mavzusi «Mozaika ishlash» bo'lganligi sababli, darsga zarur materiallar (rangli toshchalar.yog'och bo'laklari, rangli qog'ozlar, plastilin, yelim va b.) o'quvchilarga olib kelishlari eslatiladi.
31- dars. Mavzu: Mozaika ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-mozaika haqida tushuncha berish;
-san'at asarlarini idrok etishga o'rgatish; o'quvchilarning qiziqishlari va ijodkorliklarini o'stirish;
-mozaika texnikasi bilan ishlash malakalarini hosil qilish; o'quvchilar badiiy fikr doirasini kengaytirish, badiiy estetik didini o'stirish.


Tasviriy faoliyat turi: Dekorativ kompozitsiya.


Darsning jihozlanishi: Rangli toshchalar, plastilin, yelim, meva va sabzavotlarning urug'lari.

Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
Mozaika-rangtasvir turlaridan biri hisoblanishi, mozaikalardan, asosan, me'morchilik bezagi sifatida foydalanilishi haqida ma'lumot beriladi. Qadimda ustalar tabiiy rangli toshlardan terib naqshli bezak - mozaika hosil qilganliklari, keyinchalik toshlarga maxsus rang berganliklari va ular anjomlarga bezak tosh sifatida foydalanganligi haqida ham gapiriladi. Mozaika toshlari qadimda tuproq suvog'iga terilganligi, sement ixtiro qilingach, maxsus qurilish materiallaridan (sementli qumsuvoq) foydalanila boshlanganligi aytib o'tiladi. Dars davomida tayyorlanadigan mozaika uchun bunday qurilish materiallarining hojati yo'q. Darsda plastilin asosli mozaika ishlash o'rgatiladi. Berilgan rasm yordamida mozaika ishlash uchun nimalardan foydalanganligi savol -javob orqali suhbat uyushtiriladi. Mozaika ishlash uchun, avvalo, toshchalardan, yog'och, plastmassa bo'laklaridan foydalanish mumkin. Ular uchun turli badiiy, tabiiy materiallardan, archa buqog'lari, sabzavot va mevalarning urug'laridan ham foydalanish mumkinligi aytib o'tiladi.

II.Asosiy qism:
1.Mozaika ishlash bosqichlari o'rgatiladi. Bunda mozaika asosini yupqa qilib tekislangan plastilindan yasash va toshchalarni unga sal botirib tasvir ishlash kerakligi uqtiriladi.

2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda mozaika ishlashga kirishadilar.





Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin