1- dars. Mavzu: O'zbekiston bayrog'i rasmini ishlash Darsning maqsad va vazifalari



Yüklə 88,68 Kb.
səhifə29/31
tarix06.06.2022
ölçüsü88,68 Kb.
#116655
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
2-sinf Tasviriy san\'at konspekt 3

III.Darsga yakun yasash:
Darsda o'tilgan materiallar savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.

32- dars. Mavzu: “Uch jo’ja va o’rdakcha” she'ri asosida haykal ishlash


Darsning maqsad va vazifalari:
-o'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o'stirish;
-loy va plastilin bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
-naturadan, xotira va tasavvurdan haykalchalar ishlashga o'rga­tish;
-narsalarning hajmi, shaklini his qilish hamda ularni tasvirlash, chamalash qobiliyatlarini o'stirish;
-tabiatga .hayvonot olamiga mehr uyg'otish.


Tasviriy faoliyat turi: Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.


Darsning jihozlanishi: Parallel sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan jo'ja va o'rdakcha haykallari. Ular tasvirlangan rasmlar va o'yinchoqlar.


Dars tafsilotlari:
I.Dars mavzusiga kirish:
«Uch jo'ja va o'rdakcha» she'rini o'qish orqali bugungi dars mavzusi va maqsadi bilan tanishtiriladi. She'rda tasvirlangan jo'ja va o'rdakchani tasavvur qilish uchun o'quvchilar bilan savol-javob asosida suhbat uyushtiriladi.
Tavsiya etilayotgan rasmlarda tasvirlangan voqealar, narsalar, ularning tuzilishi, shakllari, ranglariga o'quvchilar e'tibori qaratiladi. Jo'ja va o'rdakchalarning bir-biridan farqli tomonlari keltirilgan rasmlar yoki o'yinchoqlar yordamida aniqlab olinadi.

II.Asosiy qism:
1.O'qituvchi jo'ja va o'rdakcha yasashni darslikda berilgan yo'riq asosida o'rgatadi. Darslikdagi matn asosida «Uch jo'ja va o'rdakcha» she'riga haykallar kompozitsiyasini ishlash, haykalchalarni joylashtirish haqida ham tushuntirish beradi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda awal jo'ja va o'rdakcha haykalini yasaydilar, so'ngra kompozitsiya asosini va oxirida kompozitsiyaning ozini ishlaydilar.



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin