III.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilarning bajargan ishlari baholanib, darsga yakun yasaladi.
33- dars Mavzu: «Laylak keldi - yoz bo'ldi» mavzusida rasm ishlash
Darsning maqsad va vazifalari: -yoz faslining o'ziga xos go'zalligini ko'ra bilishga o'rgatish;
-o'quvchilarda ijodiy qobiliyat va badiiy didni o'stirish;
-o'quvchilarda xotira va kuzatuvchanlikni o'stirish;
-badiiy-estetik didini o'stirish;
-rasm ishlash malakalarini shakllantirish.
Tasviriy faoliyat turi:Rangtasvir kompozitsiyasi.
Darsning jihozlanishi: Yoz fasli manzaralari aks ettirilgan rassomlarning asarlari.
Dars tafsilotlari: I.Dars mavzusiga kirish: Yoz fasli, uning o'ziga xos jihatlari haqida darslikdagi fotolar, rasm va savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Darslikdagi va o'qituvchi tomonidan tavsiya qilingan yoz manzaralari aks ettirilgan rasmlarni o'quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi. O'quvchilar yoz mavzusiga bag'ishlangan rassomlar ijodi bilan tanishtiriladi.
II.Asosiy qism: 1.O'qituvchi tomonidan «Yoz fasli» rasmini ishlash bosqichlari darslikda berilishi bo'yicha tushuntiriladi. Uni tasvirlashda iliq ranglardan foydalanish tavsiya qilinadi.
2.Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar mustaqil ravishda xayolan yoz fasli rasmini chizadilar.
III.Darsga yakun yasash: Dars mavzusi darsdagi savollar yordamida takrorlanadi. Amaliy mashg'ulotni yaxshi bajargan o'quvchilar ishi namoyish etiladi va tahlil qilinadi. O'quvchilar baholanib darsga yakun yasaladi.