O‘g‘il: Dada, nega bunday qildingiz? Sizning qiynalishingizni hohlamayman.
Ota: Qo‘yaver o‘g‘lim sen bunday sovg‘alarni zo‘rlariga arzisan bolam. Onang bilan bor umidimiz sendan.
3-epizod. Maktabda bitiruv marosimi. Makab Direktori Umidni tabriklaydi. Bayramdan so’ng Umid sevgani bilan ko’chada sayr qilib yurib, kelajakdagi orzu umidlar haqida gaplashishadi. Umid: Shundan so‘ng Umid o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 4-epizod Umid xonadoni. Umid o‘qishga kirib, xursand holda uyga kirib keladi. O‘g‘il: - Onajooon, oyi qayerdasiz?
Ona oshxonada ovqat qilayotgan bo‘ladi. Shosha pisha hovliga chiqadi. Ona: Ha o‘g‘lim tinchlikmi? Biron joyga o‘t ketdimi?
O‘g‘il: Sizlarga zo‘r yangiligim bor. Oyi dadam qayerdalar.
Ona: Dadang ishdalar. Hali kelmadilar uyga.
O‘g‘il: Ha. Ona meni tabriklang o‘qishga kirdim. (Xursand ovozda) Grant asosida talaba bo‘ldim juda ham xursandman onajon. Hozir mendan baxtli odam yo‘q bu dunyoda.
Onasi duo qiladi. Shu payt dadasi kirib keladi. Umid dadasini bag‘riga o‘zini otadi. O‘g‘il: Dadajon, meni tabriklang grant asosida o‘qishga kirdim.
Ota: Barakalla o‘g‘lim, men senga ishonardim. Sen hali hayotda katta odam bo‘lasan - dedi ko‘zida yosh bilan. 5-epizod. Universitetda darslar jarayoni ko’rsatiladi. Yutuqlarga erishgan sahnalari ko’rsatib boriladi. 4-kursga otgan paytda kanikulda uyga qaytadi. Shunda Umidni ozgarganini ota onasi sezadi. Chunki, u ozi bilmagan holatda diniy oqimga qo’shilgan edi. Uchrashuv sahnasi qiz bilan. Robiya:Assalomu alaykum Umid aka yaxshi keldizmi?
Umid: Vaalaykum assalom. Bu nima yurish – dedi qo‘pollik bilan. Xuddi ko‘chadagi yengiltak qizlarga o‘xshab qolibsan.
Robiya: Nima deganiz bu? Tushunmadim Umid aka. Sizga nima bo‘lyapti?
Umid: Xullas gap bunday. Kelajakda man bilan birga bo‘lishni hohlasang, mani aytganlarimni qilasan. Boshinga ro‘mol o‘rab, normalniy kiyinib yur.
Robiya: Umid aka, sizni tanimayapman. Bu holatda siz bilan gaplasha olmayman