1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə68/101
tarix19.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#133305
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
1 – mA’ruza mavzu Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifa

Termin

Terminology

O`zbek tilidagi izohi

Ta’lim -



Education

o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo’naltirilgan jarayon.

Ta’lim natijasi

The result of education

(ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o’quv jarayonining oqibati; belgilanganmaqsadni amalga oshirish darajasi.

Pedagogik texnologiya



Pedagogical tehnology

bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardaoldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.

Ta’lim konsepsiyalari



Education

(lotin tilidan «conceptio» —tizim) — ta’lim-tarbiya mazmuni, istiqbolini yorituvchi yaxlit qarashlar tizimi; Uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida ta’lim muassasalari faoliyati yo’nalishi, maqsad va vazifalarini belgilashning alohida usuli.

Ta’lim jarayoni -



The process of education

o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.



Keyslar banki
Muammoning yechimi qanday ?
Behruz 4-,,B’’ sinfda o’qiydi. Uning matematika fanidan o’zlashtirishi juda yaxshi edi. Shuning uchun matematika fanida sinfdoshlariga misol , masala va tenglama yechishda yordam berar edi.
Kunlarning birida matematika fanidan ,,Bilimlar sinovi’’ e’lon qilindi. 4-,,B’’ sinf rahbari Sanobar opa Behruz qatnashishini aytdi . Bu gapni eshitib Behruz rosa xursand bo’ldi.
4-,,B’’ sinfda Ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rin bosarining o’g’li Sanjar ham shu sinfda o’qir edi. Sanjarning dadasi buni eshitib Sanobar opaga o’g’lining qatnashishini aytdi. Sanobar opa Behruzga ,,Bilimlar sinovi’’ga u emas Sanjarning qatnashishini aytadi. Behruzning bundan jahli chiqdi.
Darsdan so’ng qaytishda Behruz Sanjarni to’xtatib uning bilimi past ekanligini ,,Bilimlar sinovi’’ga qatnashishdan voz kechishini aytadi. Sanjar bu gapdan qattiq jahli chiqib ketdi va vaziyat qaltis tus oldi. Natijada Sanjar Behruzni og’ir jarohatladi.
Savollar

  1. Bu vaziyatga siz qanday qaraysiz ?

  2. Qanday yo’l tutgan bo’lardingiz ?

  3. Direktor o’rin bosarining qilgan ishi to’g’rimi?

  4. Sinf rahbarining qilgan ishi to’rimi ?

  5. Behruzning qilgan ishi to’g’rimi yoki Sanjarning qilgan ishi?

  6. Sizning o’quvchilaringiz o’rtasida shunday hodisa ro’y bersa qanday yo’l tutasiz ?




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin