1 – mA’ruza mavzu: Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifatida Reja


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida qanaqa hisob ko’nikmalari tarkib topishi dasturga o’z aksini topgan?



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə64/101
tarix19.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#133305
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
1 – mA’ruza mavzu Boshlang`ich matematika kursi-o`quv fani sifa

9.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida qanaqa hisob ko’nikmalari tarkib topishi dasturga o’z aksini topgan?

og’zaki va yozma

og’zaki

yozma

mustaqil

10.Yuz ichida nomerlash bu:

. Bittalab va guruhlab sanash, 100 ichida sonlarni yozish va o’qish, bir xonali va ikki xonali son tushunchasi, ikki xonali sonni birlik va o’nliklar yig’indisi shaklida yozish.

Bittalab va o’ntalab sanash, yig’indi shaklida yozish, taqqoslash

100 ichida sonlarni yozish va o’qish, birliklar va o’nliklarni o’z o’rnida yozish

Bir xonali va ikki xonali son tushunchasini o’zlashtirish, xona qo’shiluvchilari yig’indisi

IV-SEMESTR


9- mA’RUZA.
Mavzu: Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomеrlashga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari.
Reja:

  1. Nomerlashni o’rganishning umumiy masalalari.

  2. Matematika o’quv materialini joylashtirishning xususiyatlari.

  3. O’quvchilarda natural son tushunchasini shakllantirish.

Foydalaniladigan adabiyotlar :



  1. Nomerlashni o’rganish metodikasining umumiy masalalari

Iqtisodiyot, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha doiralaridagi islohotlarni amalga oshirish samaradorligi respublikani oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash bo’yicha zarur choralar ko’rishni talab qiladi. Respublikada kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi, uning keng muhokama qilinishi va Oliy majlisning 9-sessiyasida kadrlar tayyorlash milliy dasturining tasdiqlanishi, Prezident I. Karimovning sessiyadagi ta’limni rivojlantirish va strategik yo’nalishlarni belgilab beruvchi nutqi xalq ta’limi tizimidagi eng muhim voqealardir.
Prezidentning 1997 yil 6-oktabrdagi Xalq ta’limi tizimini va kadrlar tayyorlashni tubdan isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash to’g’risidagi farmonida kadrlar tayyorlashdagi barcha ishlar ustuvor soha ekanligi ta’kidlangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning muhim tarkibiy qismlaridan biri ta’limni standartlashtirish, zamonaviy test texnologiyalari asosida ta’lim jarayonidagi sifatiy ko’rsatkichlarning monitoring tizimini yaratishdir. Maktablar va Oliy o’quv yurtlarida ko’p bosqichli test tizimini ishlab chiqish va joriy etish ta’lim sifatini ko’tarishga pedagoglar, o’qituvchi va talabalarning ta’lim natijalari uchun mas’ulligini oshirishga imkon beradi.
Prezident I. Karimov Xalq ta’limini isloh qilish to’g’risidagi mavzusida, ayniqsa, boshlang’ich ta’limga e’tibor berish, uni malakali o’qituvchilar bilan ta’minlash zarurligini eslatib, boshlang’ich ta’lim xalq ta’limining poydevori ya’ni asosi, deb aytgan.
Shuning uchun boshlang’ich ta’limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini qayta ko’rib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim predmetlari ichida matematikani o’qitish asosiy o’rin tutadi. Matematika dasturi o’z ichiga avvalo natural sonlar bilan to’rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o’rinda qo’shib o’qitiladi.
Sonni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang’ich matematika kursining asosini tashkil qiladi. Unga qo’shib algebra va geometriya elementlari o’qitiladi. Dasturda natural sonlar va 0 haqidagi ma’lumotlarni asta-sekin o’nlik, yuzlik, minglik va ko’p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o’nlik sanoq sismavzusining xususiyatlari bilan og’zaki va yozma nomerlashni takror-takror qo’llash orqali beriladi.
Birinchi o’nlik nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlashni aytish, ketma – ketlikning katta-kichikligini o’zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o’nlik bilan 0 soni ham birga o’rgatiladi. Uni bo’sh to’plamning xarakteristikasi sifatida berilgan. Nomerlash davomida 11-20, keyin, 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1, 2 . . . o’nliklarni hosil qilish birgalikda o’nliklarni ya’ni o’nlik sanoq sismavzusining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko’p xonali sonlar yozma va og’zaki nomerlash, arifmetik amallar bajarish komponentlarining nomlarini o’rgatishlar amalga oshiriladi.
Boshlang’ich matematikaning dasturida, oldingidek arifmetik materialda asosiy o’rinni egallaydi. Bunda arifmetika nazariyasi (amallar va ularning xossalari, komponentlar va natijalar orasidagi o’zaro bog’lanish, miqdor, son, o’lchash, hisoblash, masalalar yechish, sanoq sismavzusi) ni shakllantirishning mo’qammal sismavzusi ko’zda tutilgan. Shunga mos boshlang’ich matematika o’qitish metodikasi ham bir muncha rivojlantirilgan. Kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qitishning barcha bosqichlarida ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga tayin faktlar va kuzatishlarni o’z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o’zaro bog’lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash, o’quvchilarni paydo qilishga qaratilgan ya’ni asoslangan usul va uslublar maktab dasturiga kiritilgan.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish matematika kursining asosini tashkil qilib, unga algebra va geometriyaning boshlang’ich elementlarini kiritish, buning natijasida son, arifmetik amallar va arifmetik munosabatlar kabi arifmetik tushunchalar yuqoriroq darajada qarash ko’zda tutilgan.
Butun nomanfiy sonlarni og’zaki va yozma nomerlash, boshlang’ich matematikaning asosiy masalalaridan biri. Og’zaki nomerlash bilan o’quvchilarni sanashga o’rgatish, ularda 1, 2, 3 . . . so’zlar bilan sonlarni ifodalash katta o’rin egallaydi. Sonlarni yozma nomerlashda 10 ta raqam (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) boshlang’ich tushunchalarni kiritish ham bosh vazifalardan biridir.
Matematika dasturi oldin natural son va nol haqidagi og’zaki va yozma nomerlashni o’n ichida keyinchalik 11-20 ichidan. Keyinchalik yuz, ming, million ichida takror – takror o’rgatish ko’zda tutilgan. Uni biz konsentrlar bo’yicha o’rgatish nomi bilan ataymiz.
Sonlar yozma nomerlashda faqat 10 raqami ishlatilishini, lekin og’zaki nomerlashda yangi so’zlarni paydo bo’lishini qayta-qayta tushuntirish lozim, masalan, nol, bir, ikki, . . . o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, . . . yuz, ming . . . so’zlar yangi konsentrlarni o’qitish jarayonida kelib qo’shilaveradi.
O’qitishning boshidanoq bolalarda ba’zi muhim umumlashtirishlar shakllanadi. Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo’lishi aniqlanadi. Qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldingi keladigan va keyin keladigan sonlar orasidagi munosabatlar o’rnatiladi. (a sonidan olingan a-1, keyin a+1 son kelishi, 1 dan boshqa).


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin