1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix18.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129035
1   2   3   4   5   6   7
1- mavzu gimnastikaning rivojlanish tarixi

 
 
Gimnastikaning Sobik ittifok davrida rivojlanishi. Sovet xukumati davrining birinchi yillarida 
gimnastika maktablarning o’kuv darslariga kiritildi. Rossiyada 1926 yildan sport gimnastikasi jismoniy 
tarbiyaning asosiylaridan biri deb e’lon kilindi va maktablar uchun davlat dasturlari ishlab chikildi. 1929 
yilda jismoniy tarbiya oliy o’kuv bilim yurtlariga kiritildi. 1920 yildan ishlab chikarish gimnastikasi 
kiritildi. 1933 yilda, birinchi gimnastika konferentsiyasida, mamlakatda gimnastika metodikasining 
asoslari, uning vazifalari va gimnastika darsining tipik tizimi aniklangan. 1938 yilda gimnastika 
atamashunosligi kabul etildi. 1934 yildan, gimnastika bo’yicha pedagogik kadrlar tayyorlash boshlandi, 
gimnastika amaliyoti va nazariyasi bo’yicha ilmiy - metodik ishlar boshlab yuborildn. 
Gimnastikaning mamlakatda rivojlanishiga ommaviy gimnastik chikishlar va musobakalarning 
ahamiyati juda katta bo’ldi. Ulug Vatan urushidagi galabadan so’ng, jismoniy tarbiya va sport ishlari 
mamlakatda juda keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Xalkaro sport maydonida sovet 
gimnastikachilari juda katta muvaffakiyatlarga erishishdi. Kadrlar tayyorlash ishlari kengaytirildi, sport 
inshoatlari kurilishi va uskunalarini tayyorlanishi ko’paytirildi.


Ilmiy - tekshirish ishlari, ilmiy konferentsiyalar keng ko’lamda o’tkazilishi boshlandi, bu esa gimnastika 
bo’yicha ilmiy asoslangan nazariya va metodikani shakllantirdi.
1968 yilda bo’lib o’tgan butun ittifok konferentsiyasida gimnastikaning kelajakda rivojlantirish rejalari 
va uning xalk ommasiga keng kirib borishi, rivojlanishi yo’llari anik ko’rsatib berildi.
 
O’ZBEKISTONDA GIMNASTIKANING RIVOJLANIShI

Har bir davlat, jamiyat jismoniy madaniyatning umumiy tarixi bo’yicha, aynan o’ziga xos bo’lgan 
an’analarga egadir. Gimnastika bo’lg’usi sport turi sifatida, o’zgarib turgan turli tuzumlar sharoitidagi 
jismoniy tarbiyaning an’anaviy va noan’anaviy vositalari majmuiga asoslangan edi.
O’rta Osiyo hududida, jumladan, O’zbekiston davolash, sog’lomlashtirish, Amaliy jismoniy 
madaniyatning elementlari va yo’nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy ildizlariga egadir. (Alpomish, Ibn-
sino, Amir Temu rva boshqalar).
Mazkur ma’lumotlar, qo’llaniladigan vositalar, O’zbekiston aholisi alohida guruhlardajismoniy 
qobiliyatlarni namoyon bo’lishi va rivojlanishi haqida keng tasavvur beradi. 
Ushbu sport turida jismoniy madaniyat Bilan shug’ullanuvchilarning kata guruhi murakkab mashqlar va 
kombinatsiyalarni yuksak texnik darajada bajarishni qisqa vaqt ichida o’rgana olar edilar.
Joylarda bolalar uchun sport maktablarining tashkil etilishi, gimnastikachilarning turli musobaqalardagi 
chiqishi, birinchi sport ustalarining (masturlari) eng yaxshi yutuqlari, Olimpiya o’yinlarida ishtirok 
etish, mustaqil O’zbekiston Respublikada sportlarning yangi mavqei; 
Yuksak natijalarga erishgan gimnastikachilar mahorati-bularning barchasi shu ajoyib sport tarixini 
tashkil etadi. Jahonning Taniqli sportchilari orasida O’zbekiston gimnastikachilari qanday o’ringa ega 
bo’lishgan? Ular Respublika nuuzini ko’tarishga qanday hissa qo’shishmoqda?
Mustaqillikka erishgach, respublika rahbariyati jahonda davlatimiz nufuzini ko’tarishga ularning ham 
qo’shayotgan hissalarini yuqori baholamoqda. Shuning uchun ham bizning gimnastikachilar haqidagi 
ma’lumotlar yurtimizda sodir bo’layotgan ratsional o’zgarishlarni yaqqol ko’rsatib beradi.
Fanning tarixiy qimmatini shu fan rivojlanish tarixi, o’tmish xotiralari, xalq an’analariga hurmat, 
ma’naviy boylik, o’quv mashg’uloti uchun nazariya, talaba va tinglovchilarni o’qitish uchun uslubiyat 
tashkil etadi. 
Bizning vazifamiz «Tanlangan sport turi» mashg’uloti bo’yicha zarur bo’lgan «O’zbekistonda 
gimnastikani rivojlantirish tarixi» mavzusi borasida ma’lumotlarni to’plashdan iborat edi. O’ylaymizki, 
keyinchalik mavzu qo’shimcha ma’lumotlar Bilan boyib boradi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin