1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix18.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#129035
1   2   3   4   5   6   7
1- mavzu gimnastikaning rivojlanish tarixi

 
 
1917 yilgacha bo’lgan davrda gimnastika 1880 yilda maxsus hay’at Turkiston o’lkasida Cherkov 
qoshidagi to’rt yillik bilim yurtlari uchun dastur ishlab chiqdi. Bu dasturga muvofiq rus tili, arifmetika, 
geografiya, chevarlikni o’rganish darslari va gimnastika mashg’ulotlarini o’tkazish nazarda tutilgan edi. 
Biroq bu dastur ham bir necha yildan so’ng uch yillik o’quv jarayoniga mo’ljallangan dastur bilan 
almashtirildi. 12 Yangi dasturdan gimnastika darslari olib tashlandi. Urushdan avvalgi yillarda 
gimnastika boshlang’ich bilim yurtlarida o’rgatilar edi. Ammo mutaxassislarning etishmasligi, xonalar 
va jihozlarning yo’qligi sababli Mashg’ulotlar mukammal darajada o’tmas edi. Faqatgina Toshkentdagi 
erkaklar gimnaziyasida gimnastika mashg’ulotlari muntazam ravishda o’tkazilar edi. Gimnaziya 
faoliyati to’g’risidagi yillik hisobotlarda doimo quyidagi jumla qayd etilar edi: o’quvchilar qish 
mavsumida gimnastika bilan sinf xonalaridan birida, yozda esa gimnastika jihozlari bilan jihozlangan 
bog’da shug’ullanishadi. Toshkent gimnaziyasi talabasi P.S.Gramenitskiy xikoya qilishicha gimnastika 
darslari zerikarli o’tar edi. Jihozlar yo’q edi. Odatda mashg’ulot ixtiyoriy mashqlar, piramidalar, marsh 
qilish mashqlaridan iborat bo’lar edi. Gimnastika darslari mashg’ulot o’tkazishga yaxshi 
moslashtirilmagan majlislar zalida o’tkazilardi. Farg’ona gimnaziyasining sobiq talabasi G.M. 
Bernatskiyning guvohlik berishicha bu erda gimnastika darslari goh-gohida o’tkazilardi; darslar 
mundarijasi esa butkul o’qituvchining tayyorgarligiga bog’liq bo’lgan. Masalan, 1915-1916 o’quv 
yillarida Farg’ona gimnaziyasida chalasavod fldfebel dars bergan va uning mashg’ulotlari safdagi 
xizmat ustavidan olingan mashqlardan iborat bo’lgan. Biroq shuni yodda tutish kerakki, gimnaziyalar 
imtiyozli bilim yurtlari bo’lib, o’quv haqi yiliga 40rubldan tashkil etgan. Tabiiyki, mehnatkashlarning 
farzandlari bunday maktablarda o’qiy olmasdilar. Toshkent gimnaziyasida 80 foiz talabalar dvoryanlar 
va boy amaldorlarning bolalari edi. Qolganlari esa ruxoniylar, savdogarlar, fabrikantlarning farzandlari 
бўлган. Маҳаллий миллат вакилларидан бўлган талабалар фоизи жуда кичик эди – 0.5-1.6%
 
«Gimnastika va jismoniy mashqlar shinavandalari jamiyati»ning Nizomida (1904 yilda Toshkentda 
tuzilgan) qayd etilishiga o’quv uassasalarining talabalari jamiyatga a’zo bo’lishlari mumkin bo’lmagan. 
O’sha davrda yagona pedagogika bilim yurti bo’lib Turkiston o’qituvchilar seminariyasi (1978 yilda 
Toshkentda ochilgan) xisoblangan. Seminariya Turkiston o’lkasida rus va rus-tuzem maktablari uchun 
o’qituvchilarni etkazib berardi. Bu o’qituvchilar jismoniy tarbiya to’g’risida eng sodda tasavvurlarga 
ega edilar. Gimnastika bo’yicha o’quv rejasidako’rsatilgandek, «Tarbiyalanuvchilarning gimnastik 
mashqlari- saf mashqlari , erkin xarakatlar, gimnastika o’yinlari va gimnastik jihozlar bilan 
bajariladigan mashqlardan iborat edi».
Ba’zida Toshkentda shved va frantsuz gimnastikasi o’qituvchilarini tayyorlash bo’yicha qisqa muddatli 
o’quv kurslari tashkil etilar edi. Ularda o’qish haqi juda ham yuqori bo’lgan. Shuning uchun kurs 
tinglovchilari soni 10-15 kishidan iborat bo’lardi. 
1904yilda «Gimnastikada va jismoniy mashqlar shinavandalari jamiyati» tuzildi. Bu davrda gimnastika 
tushunchasiga yugurish, sakrash, irg’itish kabi mashqlar ham kirgan. Biroq bu respublikamizdagi 
dastlabki sport jamiyati bo’lib, gimnastikani kelgusi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega edi. 
Mazkur jamiyat bir guruh sportchilar tashabbusi bilan tuzilgan bo’lib, 15-20kishidan 13 iborat edi. 
Toshkentda gimnastika-qilichbozlik maktabi ochilgan esa, jamiyat yanada ommaviylashib, uning 
a’zolari soni ortib bordi. Lekin avvalgidek, bu davr gimnastikasi tarkibida zamonaviy gimnastika 
talablariga javob bermaydigan mashqlar mavjud edi. Musobaqalar ham o’tkazilmas edi.


Maktablardagi jismoniy tarbiya muammolari Toshkentda 1910 26dekabrdan 1912 yanvargacha 
o’tkazilgan o’rta bilim yurtlari o’qituvchilarining birinchi Turkiston qurultoyida ko’rib chiqildi. 
Jismoniy tarbiya bo’yicha maxsus sektsiya tashkil etilib, keng doiradagi muammolar: dastur 
mundarijalari, sotalar soni, o’qitish uslubiyati bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Qurultoy 
qarorlarida gimnastikadan dars berish ham erkaklar, ham ayollar o’quv muassasalaridagi tarbiya tizimi 
uchun zaruriy ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
 
1912 yildan boshlab Toshkent, Peterburg, Varshava va boshqa shaharlardan gimnastika bo’yicha 
dastlabki trenerlar kela boshladi. Harbiy okrug bosmaxonasi ishchilari gimnastika to’garagini tashkil 
etadilar.
1912 yilda Stokgolmda o’tkaziladigan Olimpiya o’yinlari uchun Rossiya terma komandasini tuzish 
maqsadida Turkistonda sport gimnastikasi bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazildi. Poruchik 
Volchanskiy musobaqa g’olibi bo’ldi. Mazkur birinchi rasmiy musobaqalar o’tkazilgan sana 
O’zbekistonda sport gimnastikasi bunyod bo’lgan kun deb hisoblanadi. Shundan so’ng Ko’qon, 
Farg’ona va Samarqand shaharlarida ham gimnastika jamiyatlari tashkil etildi. 
1912 yilda Toshkentlik gimnastikachilar Moskvada o’z mahoratlarini namoyish etdilar.1915 yilda 
Toshkentda ayollar gimnastikasi bo’yicha dastlabki o’quv kurslari ochildi. Shu kurslarni bitirgan Polina 
Vladimirovna Garfung O’zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi. Oktyabr 
inqilobidan keyingina, gimnastika ommaviy tarzda rivojlandi. Aholini jismoniy va sport orqali 
sog’lomlashtirish davlat ishiga aylandi. Shu tariqa O’zbekiston mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash 
umumiy tizimida gimnastika muhim o’rin egalladi. Chor Rossiyasi davridan qolgan shved va boshqa 
gimnastika tizimiga almashdi. Gimnastika Buxoro, Kattaqo’rg’on, Namangan, Urganchda ham tarqala 
boshladi. Bu davrda harbiy qismlar va harbiy bilim yurtlarida gimnastika faol rivojlanadi.
1918 – 1948 yillarda O’zbekistonda gimnastikaning ravnaq topishi.
1918 yilda «Bolalar sport klubi» ochilganbo’lib, unda o’yinlar va gimnastika mashqlari o’tkazilar edi. 
1919 yildan boshlab, talabalar o’rtasida «olimpiya o’yinlari» deb ataluvchi turli musobaqalar 
o’tkaziladigan bo’ldi.
1920 yil 10oktyabrda 1O’rta Osiyo olimpiadasi ochildi. Bu anjuman jismoniy madaniyat bilan 
shug’ullanuvchilar uchun katta hodisa bo’ldi va ularning yutuqlarini namoyish etish imkonini berdi. 
1921 yilda Turkfront vseobuch boshqarmasi qoshida jismoniy madaniyat Markaziy Soveti tashkil 
etiladi. Uning maqsadi – turli jismoniy madaniyat tashkilotlarini birlashtirish va Turkiston 
mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash ishlarini rejaga muvofiq boshqarishdan iborat edi. 
1921 yilda II O’rta Osiyo Olimpiadasi ochildi.Uning dasturi I olimpiada dasturiga nisbatan ancha 
kengaytirilgandi. 1919 – 1921 yillarda Farg’ona maktabida jismoniy madaniyat bo’yicha dars bergan 
G.M.Bernatskiyning xikoya 14 qilishicha, gimnastika darslari majburiy bo’lgan va talabalar tomonidan 
sevilib o’rganilgan.1920 yilda Farg’ona oblasti harbiy komiteti qoshidagi Vseobuch bo’limi «Besh yillik 
maktablarning 1 va 2 sinflarida jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo’yicha qisqa dastur»ni ishlab chiqdi. 
Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o’yinlari bilan shug’ullanish nazarda tutilgan. Mazkur dastur 
mundarijasida quyidagilar bayon etilgan. «Gimnastika maqsadi-to’g’ri jismoniy rivojlanishga erishish, 
organizm faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga 
keltirish, tartib-intizomni rivojlantirish va asab sistemasini mustahkamlash. Yugurish: yurak, o’pka, 
ovqat xazm qilish a’zolarining faoliyatini faollashtirish, ichki a’zolar mushak tolalarini rivojlantirish, 
iroda va shijoatni kamol toptirish. Sakrash: yuqorida ko’rsatilgan xislatlar hamda epchillikni 
rivojlantirib, mushaklarni tez qisqartirishiga yordam beradi. O’yinlar: umumiy jismoniy rivojlantiruvchi 
ta’sir ko’rsatib, asab tizimini mustahkamlaydi, ruhiy hislatlarni rivojlantirib, mustahkamlaydi va 
umuman pedagogik tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi».

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin