Maktablardagi jismoniy tarbiya muammolari Toshkentda 1910 26dekabrdan 1912 yanvargacha
o’tkazilgan o’rta bilim yurtlari o’qituvchilarining birinchi Turkiston qurultoyida ko’rib chiqildi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha maxsus sektsiya tashkil etilib, keng doiradagi muammolar: dastur
mundarijalari, sotalar soni, o’qitish uslubiyati bo’yicha tavsiyanomalar ishlab chiqildi. Qurultoy
qarorlarida gimnastikadan dars berish ham erkaklar, ham ayollar o’quv muassasalaridagi
tarbiya tizimi
uchun zaruriy ekanligi ta’kidlab o’tilgan.
1912 yildan boshlab Toshkent, Peterburg, Varshava va boshqa shaharlardan gimnastika bo’yicha
dastlabki trenerlar kela boshladi. Harbiy okrug bosmaxonasi ishchilari gimnastika to’garagini tashkil
etadilar.
1912 yilda Stokgolmda o’tkaziladigan Olimpiya o’yinlari uchun Rossiya terma komandasini tuzish
maqsadida Turkistonda sport gimnastikasi bo’yicha rasmiy musobaqalar o’tkazildi. Poruchik
Volchanskiy musobaqa g’olibi bo’ldi. Mazkur birinchi rasmiy musobaqalar o’tkazilgan sana
O’zbekistonda sport gimnastikasi bunyod bo’lgan kun deb hisoblanadi. Shundan so’ng Ko’qon,
Farg’ona va Samarqand shaharlarida ham gimnastika jamiyatlari tashkil etildi.
1912 yilda Toshkentlik gimnastikachilar Moskvada o’z mahoratlarini namoyish etdilar.1915 yilda
Toshkentda ayollar gimnastikasi bo’yicha dastlabki o’quv kurslari ochildi. Shu kurslarni bitirgan Polina
Vladimirovna Garfung O’zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga ulkan hissa qo’shdi.
Oktyabr
inqilobidan keyingina, gimnastika ommaviy tarzda rivojlandi. Aholini jismoniy va sport orqali
sog’lomlashtirish davlat ishiga aylandi. Shu tariqa O’zbekiston mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash
umumiy tizimida gimnastika muhim o’rin egalladi. Chor Rossiyasi davridan qolgan shved va boshqa
gimnastika tizimiga almashdi. Gimnastika Buxoro, Kattaqo’rg’on, Namangan,
Urganchda ham tarqala
boshladi. Bu davrda harbiy qismlar va harbiy bilim yurtlarida gimnastika faol rivojlanadi.
1918 – 1948 yillarda O’zbekistonda gimnastikaning ravnaq topishi.
1918 yilda «Bolalar sport klubi» ochilganbo’lib, unda o’yinlar va gimnastika mashqlari o’tkazilar edi.
1919 yildan boshlab, talabalar o’rtasida «olimpiya o’yinlari» deb ataluvchi turli musobaqalar
o’tkaziladigan bo’ldi.
1920 yil 10oktyabrda 1O’rta Osiyo olimpiadasi ochildi. Bu anjuman jismoniy madaniyat bilan
shug’ullanuvchilar uchun katta hodisa bo’ldi va ularning yutuqlarini namoyish etish imkonini berdi.
1921 yilda Turkfront vseobuch boshqarmasi qoshida jismoniy madaniyat Markaziy Soveti tashkil
etiladi. Uning maqsadi – turli jismoniy madaniyat tashkilotlarini birlashtirish va Turkiston
mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash ishlarini rejaga muvofiq boshqarishdan iborat edi.
1921 yilda II O’rta Osiyo Olimpiadasi ochildi.Uning dasturi I olimpiada dasturiga nisbatan ancha
kengaytirilgandi. 1919 – 1921 yillarda Farg’ona maktabida jismoniy madaniyat bo’yicha
dars bergan
G.M.Bernatskiyning xikoya 14 qilishicha, gimnastika darslari majburiy bo’lgan va talabalar tomonidan
sevilib o’rganilgan.1920 yilda Farg’ona oblasti harbiy komiteti qoshidagi Vseobuch bo’limi «Besh yillik
maktablarning 1 va 2 sinflarida jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo’yicha qisqa dastur»ni ishlab chiqdi.
Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o’yinlari bilan shug’ullanish nazarda tutilgan. Mazkur dastur
mundarijasida quyidagilar bayon etilgan. «Gimnastika maqsadi-to’g’ri jismoniy rivojlanishga erishish,
organizm faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga
keltirish, tartib-intizomni rivojlantirish va asab sistemasini mustahkamlash. Yugurish: yurak, o’pka,
ovqat xazm qilish a’zolarining
faoliyatini faollashtirish, ichki a’zolar mushak tolalarini rivojlantirish,
iroda va shijoatni kamol toptirish. Sakrash: yuqorida ko’rsatilgan xislatlar hamda epchillikni
rivojlantirib, mushaklarni tez qisqartirishiga yordam beradi. O’yinlar: umumiy jismoniy rivojlantiruvchi
ta’sir ko’rsatib, asab tizimini mustahkamlaydi, ruhiy hislatlarni rivojlantirib, mustahkamlaydi va
umuman pedagogik tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi».
Dostları ilə paylaş: