1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə29/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
2 5391228724454621497

Agrotexnik tadbirlar
Sug’orish va o’g’itlash hosildorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashda ta’sirchan vositalar hisoblanadi. Ko’p sug’orish ayniqsa etilish davrida hosildorlikni oshirishi mumkin, lekin mahsulotlarni saqlanuvchanligi keskin yomonlashadi. Meva-sabzavotlarda ortiqcha suv mavjudligidan hujayralari kattalashadi, devorchalari yupqalashadi. To’qimalarning mexanik pishiqligi pasayadi, shuning uchun mevalar yig’im-terim va tashishda kuchli shikastlanadi, so’ngra saqlash davrida fitopatogen mikroorganizmlarga qarshiligi susayadi.
Ortiqcha ishlatilgan azot o’g’itlari kuchli kuchli vegetativ rivojlanishga sabab bo’ladi, reproduktiv organlari etilishini sekinlashtiradi. Natijada mahsulot qisqa vaqt saqlanib, isrof miqdori sezilarli ko’payadi. O’simliklarni kaliy va fosfor bilan oziqlantirish mevalar etilishining jadallashishiga olib keladi.
Barcha agronomik tadbirlar ichida sifatga hamda mahsulotlarning keyingi saqlanuvchanligiga yig’im-terimni to’g’ori tashkil etish katta ta’sir etadi. Sersuv ob’ektlarga ko’plab mexanik shikastlar etkazilishi ularning nostandart bo’lib, uning tansportbopligi va saqlash muddati kamayishiga sabab bo’ladi. Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, istalgan meva daraxtida ma’lum me’yorda hosil qoldirilib, ularning yirikligi, serqandlik va boshqa sifatlarini boshqarish mumkin. Masalan, butash natijasida daraxtdagi yirik barglar soni ko’payadi, mayda mevalar soni esa kamayadi. Bu hammasi yirik va serqand hosil olishga sharoit yaratadi.
Butalgan daraxtdagi mevalar butalmagan daraxtdagilarsha qaraganda “S” vitamini miqdori har doim ko’proq bo’ladi. Mevalarning sifati va kimyoviy tarkibiga payvandtag ham katta ta’sir ko’rsatadi. Pishib etilish muddatlari ham daraxtlarni payvandlash usuliga bog’liq. Masalan behi payvandtagiga ulangan nokni nav mevalari nok payvandtagiga ulangan navlar mevalariga qaraganda yirikroq va shirinroq bo’ladi.
Nazorat savollari:
1.Uglevodlarni tutgan o’rni.
2.Sabzavotlar tarkibidagi pigmentlarning vazifasi?
3.Sabzavotlar tarkibida qaysi organik kislotalar ko’proq uchraydi?
4.Sabzavot va poliz mahsulotlari tarkibida vitaminlarning tutgan o’rni.

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin