1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə34/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56
2 5391228724454621497

Nazorat savollari:
1.Konvektiv quritish deganda nimani tushunasiz?
2. Kontaktli quritish deganda nimani tushunasiz?
3.Konvektiv quritishning qanday usullarini bilasiz?
4. Kontaktli quritishning qanday usullarini bilasiz?
9-mavzu. QURITISH USKUNALARINING TUZILISHI, ULARDA FOYDALANILADIGAN ISSIQLIK TASHUVCHILAR.


REJA:

1.Sun’iy quritish uskunalari: sun’iy quritgichlar, elektr energiyasi, yoqilg‘i va boshqa resurslar vositasida ishlovchi quritgichlar.


2.Ularning ishlash prinsipi.
3.Quritishda resurs tejamkor issiqlik tashuvchilardan foydalanishga asoslangan zamonaviy quritgichlar.
4.Ularning ishlash prinsipi va samaradorligi.


Tayanch so’z va iboralar: solishtirma issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti, harorat o’tkazuvchanlik koeffitsienti, absolyut namlik, nisbiy namlik, nam saqlash va entalpiya, psixrometr.


Mahsulotlarning teplofizik tavsifi
Quritishning ilmiy asoslangan rejimlarini tanlashda, quritish jarayonini tadqiq etishda va issiqlik hisoblarini bajarishda, albatta teplofizik (issiqlik fizikasi) tavsiflarini bilish talab etiladi, bular: solishtirma issiqlik sig’imi, issiqlik o’tkazuvchanlik va harorat o’tkazuvchanliklardir.
Solishtirma issiqlik sig’imi  massa birligidagi moddaning haroratini 1 gradusga oshirish uchun kerak bo’ladigan issiqlik miqdoridir. Barcha oziq–ovqat mahsulotlarining solishtirma issiqlik sig’imi Sm [kJ/(kg·K)] additivlik qoidasiga bo’ysinadi:



bu yerda, Squr va — suv va materiallar quruq moddasining solishtirma issiqlik sig’imi. Suvning solishtirma issiqlik sig’imi = 4,1868 kJ/(kg·K) ga teng. w°—materiallar namligi, ws—materiallarning nam tutishi.


Oziq–ovqat mahsulotlarining solishtirma issiqlik sig’imi quyidagicha [kJ/(kg·K) da]: kartoshka, sabzi, yashil no’xat, lavlagi, olma, behi, nok va o’rikniki — 1,424; karam, piyozniki — 1,382; qaynatilgan no’xat va yormaniki — 1,550; quritilgan sutniki — 1,256.
Oziq–ovqat mahsulotlari quritilganda ularning solishtirma issiqlik sig’imi kamayadi, ammo harorati oshirilganda esa ko’payadi.

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin