1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə48/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
2 5391228724454621497

Xo’raki lavlagi. Iste‘mol va qayta ishlash uchun foydalaniladigan xo’raki lavlagi standart talabiga javob berishi lozim. Yangi kovlangan, yaxlit, quruq, kasallik belgilari, loyi, yoriqlari yo’q, zararkunanda tushmagan, bitta botanik navga mansub, bandsiz yoki bandining uzunligi ko’pi bilan 2 sm, sershira, to’q qizil etli lavlagi standart talabiga mos keladi.
Ko’ndalang kesimining diametri 5,0 sm dan 14 sm gacha bo’lishi mumkin. Mexanik shikastlangan, bitib ketgan yoriqli, boshlari kesikli, sal so’ligan ildizmevalar 5% dan oshmasligi kerak. So’ligan, burishgan, shuningdek chirigan, sovuq urgan va zararkunandalar shikastlagan ildizmevalar bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Ildizmevalarga yopishgan tuproq umumiy massaga nisbatan 1% gacha bo’lishi mumkin.
Gulkaram. Yangi uzilgan gulkaram boshining ko’ndalang diametri kamida 8 sm bo’lishi mumkin. Uning tashqi ko’rinishi mag’zi, oq yoki sarg’ish barra, toza, kasallanmagan, yorilmagan, ichki barglari ko’klamagan, qo’lansa hidsiz, shikastlanmagan, o’zagi ko’pi bilan 2 sm bo’lishi lozim. Bir partiyada shikastlangan karam miqdori 10% va diametri 6–8 sm ligi 5% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
Chuchuk qalampir. Yangi uzilgan chuchuk qalampir standart talabiga ko’ra iste‘mol qilish uchun va qayta ishlash uchun topshiriladi. Ular toza, sog’lom bo’lishi, shakli va rangi jihatdan navga mos kelishi, ta‘mi shirinroq yoki sal achchiqroq bo’lishi, meva bandi cho’zinchoq shaklli navlarda 6 sm gacha va yumaloqlarida esa 4 sm gacha bo’lishi mumkin.
Bir partiyada sal so’ligan, lekin burishmagan yoki sal tirnalganlar ko’pi bilan 10%, shuningdek, belgilangan o’lchamlardan farq qiladiganlarining 5% gacha aralashishiga ruxsat etiladi.
Kartoshka. Kartoshkaning asosiy sifat ko’rsatkichi uning tashqi ko’rinishi, o’lchamlari, yo’l qo’yiladigan nuqsonlari, tozaligi hisoblanadi. Tuganaklarning tashqi ko’rinishi butun, quruq, toza, sog’lom, o’sib ketmagan, so’limagan, kechki navlarning po’sti qalin bo’lishi kerak. Tugunaklarning o’lchami ularning shakllari va ekiladigan tumanlariga ko’ra tabaqalashtirilgan. O’rta Osiyo uchun tugunaklarining diametri ertagi kartoshkaning yumaloq-oval shakli uchun 30 mm ga, kechkisini 35 mm ga, cho’ziq shakldagisi uchun esa shunga muvofiq ravishda 25–30 mm ga to’g’ri kelishi kerak. Belgilangan o’lchamlardan kichik bo’lishidagi tafovut 10–20 mm (lekin ko’pi bilan 5%) bo’lishiga ruxsat etiladi. O’sib ketgan va 2 sm2 dan ko’p miqdorda ko’kish tus olgan tugunaklar 2 % gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
Ho’l, quruq va halqali chirish kasalliklari va fitoftor bilan zararlangan tugunaklarning bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Sovuq urgan, nami qochgan tugunaklarning aralashib qolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi. Tugunaklarga yopishgan tuproq miqdori ham 1% dan oshmasligi lozim.



Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin