Qaysa va kuraga tayyorlash bir–biridan nimasi bilan farq qiladi?
Mevalarni quritishda namlikning ahamiyati bormi?
Mahsulotlarning yetarli darajada quriganligi qanday aniqlanadi?
Anjir va chilonjiyda qanday quritiladi?
11-mavzu. QURITILGAN MEVA-SABZAVOTLARGA QO‘YILADIGAN STANDART ME’YOR VA TALABLAR REJA:
1.Quritilgan mahsulotlarning DAST bo‘yicha tovar navlari.
2.Tovar navlariga qo‘yiladigan standart talablar: rangi, tashqi ko‘rinishi, etining konsistensiyasi, ekologik sofligi va boshqa ko‘rsatkichlar.
3.Tovar navlarning konditsion chegaralari.
Tayanch so’z va iboralar: biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, saqlanuvchanligi, tovar navlari, kategoriyalar.
Sabzavot mahsulotlarining sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar Sabzavot va poliz mahsulotlarining sifatiga qo’yiladigan talablar ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Sabzavot va poliz mahsulotlarini standartlashda ularning biologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, saqlanuvchanligi kabi bir qator xossalari hisobga olinib, tovar sortlarga, sinf va kategoriyalarga ajratiladi. Shu bilan birga mahsulotning sifat ko’rsatkichlari uning qaysi maqsadda ishlatilishiga qarab ham tabaqalanadi. Mahsulotning ma‘lum bir sifat ko’rsatkichlari biron maqsadda foydalanish uchun yuqori hisoblansa, boshqa bir maqsadda ishlatilishi uchun esa past bo’lishi mumkin.
Sabzavot va poliz mahsulotlarining sifatini belgilashda uning texnologik xususiyatlari ham muhim o’rin tutadi.
O’zbekiston sharoitida sabzavot va poliz mahsulotlarining ko’plab nobud bo’lishiga ma‘lum darajada sifat ko’rsatkichlarining standart talabiga javob bera olmasligi hisoblanadi.
Sabzavot va poliz mahsulotlarining standartga mos kelmaydigan qismi ovqatga yoki qayta ishlashga foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi.
Sabzavot mahsulotlarining sifatini aniqlashda idishlarda keltirilgan mahsulotlardan o’rtacha namuna olish usuliga amal qilish lozim. 100 ta partiyadan uchtadan kam namuna sifatida olinadi. 100 dan ortiq bo’lganda esa har 50 joy uchun qo’shimcha yana bitta joydan namuna olinadi. Olingan namunalardan tahlil uchun o’rtacha namuna hosil qilinadi. O’rtacha namuna esa umumiy namunaning 10 foizidan kam bo’lmasligi kerak.
Sabzavot va poliz mahsulotlariga bo’lgan davlat standart talablarining asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat.