1 -mavzu. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi faniga kirish reja



Yüklə 249,61 Kb.
səhifə47/56
tarix20.04.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#125683
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56
2 5391228724454621497

Bodring. Yangi uzilgan iste‘mol qilinadigan bodringlar kasallanmagan, zararkunandalardan zararlanmagan, urinib shikastlanmagan, meva bandli va bandsiz, qalin etli, chala yetilgan, sersuv, urug’li bo’lishi ruxsat etiladi.
Ertagi navlar hosilining uzunligi (may–iyun) 11 va qolgan davrlarda 14 sm, uzun hosil navlarniki esa 25 hamda ko’ndalang kesimi 5,5 sm bo’ladi.
Aynigan shaklli, lekin boshqa barcha ko’rsatkichlari bilan standart talablariga javob beradigan bodringlar barraligicha savdo shoxobchalariga (issiq xona mahsulotidan tashqari) chiqarilmaydi, konservalashga yuboriladi. Urinib shikastlangan sersuv urug’li bodringlar standart hisoblanmaydi, dag’al urug’li sarg’ayganlari chiqitga chiqariladi.
Pomidor. Yangi terilgan pomidorlar toza, yaxlit, pishgan, to’g’ri shaklli, urinib shikastlanmagan va oftob kuydirmagan, yetilish darajasi jihatdan qizil hamda pushti rangda bo’lishi kerak. Pomidor ko’ndalang kesimining diametri: olxo’risimonlar uchun kamida 4 va mayda hosilli navlar uchun 3 sm bo’lishi lozim.
Har bir partiyada po’kaklangan mevalar 15%, belgilangan o’lchamlardan kichik mevalar 5%, biroz ezilganlari va bosilganlari 10% bo’lishiga ruxsat etiladi. Bunda ko’k mevalar, ya‘ni pishmaganlari bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.
Mayda mevali va uzunchoq shaklli pomidor navlaridan olingan mahsulotlar konservatsiya uchun foydalaniladi. Bunda pishib yetilmagan ya‘ni pushti rangli pomidorning aralashishiga yo’l qo’yiladi. Bug’lanadigan pomidorlarning yetilish darajasi qizil, pushti, qo’ng’ir va oqish bo’lishi mumkin.
Karam. Yangi uzilgan oqbosh karam yaxlit, toza, o’zaksiz, bitta botanik navga mansub, zararkunandalar shikastlamagan, yaxshi pishgan bo’lishi lozim. Ertangi (15 iyungacha), tozalangan karam boshining og’irligi 0,3 kg, o’rtagi va kechkisi 0,8 kg bo’lishi talab qilinadi.
Bir partiyada har xil nuqsonli (shikastlangan, yorilgan, pixlagan, chirigan, nami qochgan, sovuq urgan, ich tomondan sarg’aygan, qoraygan, qo’lansa hidli va boshqalar karam boshlarining 5% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
Boshpiyoz. Iste‘mol uchun yetkazib beriladigan yangi boshpiyoz standart talabiga javob berishi lozim. Yetilgan 5 sm gacha uzunlikdagi bo’g’zi qurigan, shuningdek, umumiy po’st ostida ikki bo’lakka ajraladigan sog’lom boshpiyoz iste‘molga yaroqli hisoblanadi. Oval shakldagilarining ko’ndalang diametri kamida 3 va qolganlariniki 4 sm bo’lishi kerak, bir partiyada ko’rsatilgandan kichik o’lchamli, yalang’ochlangan va shikastlanganlarining umumiy miqdori 5% gacha bo’lishiga ruxsat etiladi.
O’simtali piyozning 1 aprelgacha o’simtaning uzunligi 1 sm va 1 apreldan 1 avgustgacha esa 2 sm gacha bo’lganlari 10% gacha bo’lishi, bo’g’zi sentyabrgacha yetarlicha qurilmaganlari (barcha navlar uchun) ko’pi bilan 15%, 1 sentyabrdan keyin esa 5% bo’lishiga yo’l qo’yiladi.
Sabzi. Xo’raki sabzi standart talabiga muvofiq topshiriladi. Ularning tashqi ko’rinishi barra, quruq, so’lish kasalligi va ifloslik belgilari bo’lmagan, butun, zararkunandalar shikastlamagan, to’g’ri shaklli, ma‘lum botanik navga xos rangli, barg bandlari ko’pi bilan 2 sm bo’lishi lozim. Eng ko’p ko’ndalang diametri yuzasidan eng kichigi 2,5 va eng ko’pi 6 sm qilib belgilangan.
Mahsulot partiyasida belgilangan o’lchamlardan 0,5 sm farqli ildizmevalar 10% gacha, turli xil shakldagilari esa 5% dan oshmasligi kerak. Konserva korxonalariga yetkazib beriladigan mahsulot orasida singanlari 2% dan oshishiga, yorilganlari bo’lishiga ruxsat etilmaydi. Ildizmevalarga yopishgan tuproq esa umumiy massaning 1% dan ko’p bo’lmasligi lozim.

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin