1 -mavzu Tijorat banklari faoliyati



Yüklə 337,97 Kb.
səhifə3/5
tarix18.11.2023
ölçüsü337,97 Kb.
#132727
1   2   3   4   5
1 -mavzu Tijorat banklari faoliyati tahlili fanining predmeti va vazifalari

uchinchidan, bank resurs bazasining barqarorligini ta’minlash va ularni oqilona boshqarish. Bank oborotiga jalb etiladigan resurslar tahlili natijasida uning barqarorligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday bank oborotga jalb etilgan mablag‘larning kam xarajat talab etilishi va ushbu resurslarning bank oborotida imkon darajasida uzoq muddat xizmat qilishini istaydi. Barqaror resurslar albatta barqaror daromad manbai hisoblanadi. Bundan tashqari, bank oborotiga jalb etilgan resurslarni oqilona boshqarish ham bankning samarali va xavfsiz faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Bank faoliyati tahlili asosida resurslar va bank aktivlari o‘rtasida mutanosiblikka erishiladi. Bank resurslari muddat va hajm jihatidan aktiv operatsiyalarga yo‘naltirilishi muvofiqlashtiriladi. Natijada bank resurslaridan samarali foydalanishning optimal variantlari ishlab chiqiladi.

  • to‘rtinchidan, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy normativlarning bajarilishini ta’minlash.

    “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 50 – moddasiga muvofiq Markaziy bank moliya–bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoyalashni ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
    Ushbu qonunning 52– moddasiga muvofiq Markaziy bank banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni, shu jumladan;

    • kapitalning monandlik koeffitsientini;

    • bir qarz oluvchi yoki bir–biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;

    • yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p miqdori;

    • likvidlilik koeffitsientlari;

    • aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiritiladigan chegirmalardan shubhali va umidsiz qarzlarga qarshi tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;

    • qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;

    • ochiq valyuta mavqei limitlarini belgilaydi.

    Ushbu normativlarning doimiy ravishda bajarilishini ta’minlash uchun bank faoliyati uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi talab etiladi.
    Albatta normativlar bank tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Normativlar bajarilishining ta’minlanmasligi bank faoliyatini xavflilik darajasini oshiradi. Bank boshqaruvi normativlarga rioya etilishi yuzasidan tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lishi va uni, ta’minlash uchun chora-tadbirlar belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak;
  • 1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin