1 -mavzu Tijorat banklari faoliyati



Yüklə 337,97 Kb.
səhifə4/5
tarix18.11.2023
ölçüsü337,97 Kb.
#132727
1   2   3   4   5
1 -mavzu Tijorat banklari faoliyati tahlili fanining predmeti va vazifalari

beshinchidan, bank aktivlarini tarkibini va sifatini to‘liq nazorat qilib borish.

Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va risklilik darajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisoblandi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borishning davr talabi bo‘lib qoladi.
Bank faoliyati tahlili bank aksiyadorlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bankning Kuzatuv kengashi tomonidan ham Boshqaruv faoliyatini muvofiqlashtirishda tahlil natijalaridan keng foydalaniladi.

  • oltinchidan, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doimiy ravishda ta’minlanishiga erishish.

Bankning likvidligi deganda uning majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tushuniladi. Bank omonatchilari va kreditorlari oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la – to‘kis bajarilishi uchun doimiy ravishda, ma’lum darajada likvid mablag‘larga ega bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomonidan bankka nisbatan ishonchni mustahkamlaydi.
Bankning to‘lov qobiliyati deganda uning mijozlar tomonidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlarini likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtai-nazaridan tahlil etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan bir bo‘lib hisoblanadi.

  • yettinchidan, bank daromadlari va xarajatlarining optimal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotlari kabi banklar faoliyatidan asosiy maqsad ham maksimal miqdorda foyda olishdan iboratdir. Shuning uchun ham bank daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof rentabellik darajasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan biri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi aktivlar hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daromad keltiruvchi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, bank faoliyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, daromadlilik va bankning likvidliligi bir – birlari bilan qarama – qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shunday ekan, daromadlilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham faoliyat tahliliga asoslanadi.

  • sakkizinchidan, bank qimmatli qog‘ozlarining jozibadorligini ta’minlashga erishish. Bankning o‘z mablag‘lari ko‘payib borishi asosan uning aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liqdir. Qaysi bankining aksiyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, unga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol o‘z navbatida ushbu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi.


  • Yüklə 337,97 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin