Fonemika, yuqorida aytib o‘tganimizdek, segmental fonologiyaning ikkinchi nomi bo‘lib, u fonlarning fonemalarga birlashuvini o‘rganadi.
Fonemika, yuqorida aytib o‘tganimizdek, segmental fonologiyaning ikkinchi nomi bo‘lib, u fonlarning fonemalarga birlashuvini o‘rganadi.
Fonema so‘zlar yoki morfemalarning tovush qobig‘ini farqlash orqali ularning ma'nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segmental birlikdir. Masalan, bur va bo‘r (segment birlikdir - b,u,r va b,o‘,r) tuz va tur (segment birlikdir - t,u,z va t,u,r), "- man" va "san" (segment birlikdir - m,a,n va s,a,n) kabi. Bunday segment birliklarning fonematik xususiyatlari so‘z tarkibidagi tovushlar miqdorini orttirish yoki, aksincha, qisqartirish yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin. Masalan, or so‘zi tarkibida ikkita segment birlik (o va r fonemalari bor), zor, ozor, bozor, so‘zlari tarkibida esa ularning soni ko‘proq: 3 ta ("zor"da), 4ta ("ozor"da), 5 ta ("bozor"da) kabi.
Fonemalarning differensial va integral belgilari.
Fonemalarning differensial belgilari ularni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiladigan alomatlaridir. Masalan, "k" undoshi o‘zining jarangsizligi bilan jarangli "g" dan ajralib turadi, demak, "k" ning jarangsizligi va "g" ning esa jarangliligi bu ikki fonemaning differensial (farqlanadigan) belgilari sanaladi. Differensial belgilar fonemalarning xususiyatini belgilaydi - so‘zlarning fonetik qobig‘ini va ma'nolarini farqlash uchun xizmat qiladi: kul va gul so‘zlarining ma'nolari ayni shu ikki fonemaning ("k" va "g" larning) differensial belgilari - birining jarangsiz , ikkinchisining esa jarangli ekanligi tufayli farqlanmoqda.
Fonemalarning integral belgilari ularning o‘zaro farqlanmaydigan alomatlaridir. Masalan, yuqorida keltirilgan "k" va "g" undoshlarining har ikkalasi portlovchi, har ikkalasi sayoz til orqa fonemalardir. Demak, bu ikki fonema artikulyasiya usuli va artikulyasiya o‘rniga ko‘ra farqlanmaydi. Shunga ko‘ra, integral belgilar fonologik norelevant yoki semiologik norelevant belgilar hisoblanadi