1 – mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati. Fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalar. Rus va chet el fonologik maktablari. O‘zbek (rus) tilshunosligida fonetika va fonologiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/18
tarix09.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#126658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)

Uyadоshlik munоsabati Bir sathga mansub bo‘lgan, qimmat jihatdan bir хil birliklarning ma’lum umumiy bеlgi asоsida bir guruhga (uyaga) birlashuvi uyadоshlik munоsabati sanaladi. Uyadоshlik munоsabatida bo‘lgan birliklar uchun umumiy bеlgi sifatida shu birliklarning ma’nоsi ham, shakli ham хizmat qilishi mumkin. Masalan, ishchi, ishla lеksеmalari o‘zakning umumiyligi bilan o‘zarо birlashsa, qo‘shimchalari bilan farqlanadi. Yoki aksincha, ishla, angla, so‘zla. singari lеksеmalar qo‘shimchaning umumiyligi bilan birlashib, o‘zakning хilma-хilligi bilan farqlanadi. Har ikki hоlatda ham uyadоshlikni hоsil qiladi. Lеksik sathda ayrim lекsеmalar shakliy o‘хshashik umumiy bеlgisi asоsida bir uyani, sinfni tashkil etadi. Bunday lеksеmalar munоsabati lеksik оmоnimlarni hоsil qiladi.

  • Har qanday nazariyada tabiat, jamiyat va inson tafakkurining obyektiv qonuniyatlari aks etadi. Nazariya amaliyot asosida paydo bo‘ladi, lekin u amaliy tajribalarni shunchaki umumlashtirib qolmaydi, balki ancha ilgari ketib, predmetning yangi tomonlarini, aloqa-munosa-batlarini ochadi, shu bilan amaliyotga yordam beradi. Tor ma'noda nazariya muayyan shaklga ega bo‘lgan bilim demakdir. Inson ob'ektiv borliqning asosiy tomonlarini, ko‘rinishlarini bilish va anglash jarayonida o‘z bilimini boyitib, chuqurlashtirib boradi. Bilishning chuqurlashishi jarayonida to‘plangan faktlar va xususiyatlar inson tomonidan bir - biriga bog‘lanadi, mantiqan izchil bir sistemaga solinadi. Bunday sistemalar bilimning biror sohasiga ( biologiya, geologiya, fizika, tilshunoslik va hokozolarga ), jamiyatga yoki umuman borliqqa tegishli bo‘lishi mumkin.

Har bir nazariya jamiyat hayotining konkret davrida mavjud bo‘lgan bilimlar, faktlar va xususiyatlarni umumlashtirish, sistemalashtirish doirasi bilan cheklangan bo‘ladi. Demak, nazariyalar qotib qolgan, o‘zgarmas sistemalar emas, ular tadrijiy ravishda o‘zgartirilib, boyitib boriladi. Masalan, tilshunoslik tarixida harf bilan uning tovush referentini bir hodisadek tasavvur qilish keng tarqalgan edi. Buni taniqli tilshunos Mahmud Koshg‘ariyning " Devonu lug‘otit turk " asarida ham kuzatish mumkin.

  • Har bir nazariya jamiyat hayotining konkret davrida mavjud bo‘lgan bilimlar, faktlar va xususiyatlarni umumlashtirish, sistemalashtirish doirasi bilan cheklangan bo‘ladi. Demak, nazariyalar qotib qolgan, o‘zgarmas sistemalar emas, ular tadrijiy ravishda o‘zgartirilib, boyitib boriladi. Masalan, tilshunoslik tarixida harf bilan uning tovush referentini bir hodisadek tasavvur qilish keng tarqalgan edi. Buni taniqli tilshunos Mahmud Koshg‘ariyning " Devonu lug‘otit turk " asarida ham kuzatish mumkin.
  • " Devon" dan keltirilgan quyidagi misralar fikrimizning dalili: "Turkiy tillarda qo‘llanadigan asosiy harflar soni 18 ta. Turkiy yozuvda shular qo‘llaniladi...

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin