1 – mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati. Fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalar. Rus va chet el fonologik maktablari. O‘zbek (rus) tilshunosligida fonetika va fonologiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/18
tarix09.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#126658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)

I. A. Boduen de Kurtene 1881 yilda nashr etilgan " Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari " ( " Nekotoro‘ye otdelo‘ sravnitel'noy grammatiki slavyanskix yazo‘kov " ) nomli asarida fonemani " So‘zning umumiy antropofonik xususiyatlarga ega bo‘lgan fonetik qismidir , bu qism bir tildagi korrelyativ aloqalarni yoki bir necha til o‘rtasidagi korrespondent aloqalarni aniqlashda bo‘laklarga ajratilmaydi " deb ta'riflaydi . Shu asarning o‘zida u fonemaga " antropofonik xususiyatlar yig‘indisi " , " fonetik tip " , " mavxum umumlashma " degan ta'riflarni ham beradi .

  • I. A. Boduen de Kurtene 1881 yilda nashr etilgan " Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‘limlari " ( " Nekotoro‘ye otdelo‘ sravnitel'noy grammatiki slavyanskix yazo‘kov " ) nomli asarida fonemani " So‘zning umumiy antropofonik xususiyatlarga ega bo‘lgan fonetik qismidir , bu qism bir tildagi korrelyativ aloqalarni yoki bir necha til o‘rtasidagi korrespondent aloqalarni aniqlashda bo‘laklarga ajratilmaydi " deb ta'riflaydi . Shu asarning o‘zida u fonemaga " antropofonik xususiyatlar yig‘indisi " , " fonetik tip " , " mavxum umumlashma " degan ta'riflarni ham beradi .

 

  •  
  • Akad. L.V. Shcherbaning fonetika va fonologiyaga oid qarashlari
  • L.V. Shcherba I.A. Boduen de Kurtenening iste'dodli shogirdlaridan biri edi . U ham dastlab ustozining fikriga hamohang ravishda fonemaga psixologik mohiyatga ega birlik sifatida qaragan . O‘zining 1912- yilda nashr qilingan " Sifat va miqdor nuqtai nazaridan rus unlilari " nomli asarida fonemani " bizning psixik faoliyatimiz mahsuli... " deb ta'riflagan . Lekin bu psixologizm L.V. Shcherbaning ilk fonologik asarlaridan biri bo‘lgan " Rus unlilari... " ning asosiy xususiyati emas edi . Unda muallif birinchi marta fonema ottenkalari va fonemaning ma'no farqlash funksiyasi haqida gapiradi . Bu asarida u fonemaga shunday ta'rif beradi: " Fonema muayyan tildagi eng kichik umumiy tovush tasavvuri bo‘lib , u ma'nolar bilan assotsiyalanish va so‘zlarni farqlay olish xususiyatiga ega , nutqda fonemani so‘zning fonetik tarkibini buzmasdan ajratish mumkin". Ko‘rinib turibdiki, asarda tovushning fizik tabiati emas , balki fonemaning funksional mohiyatiga, semantik darajadagi birliklarni farqlay olishiga alohida urg‘u berilgan .

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin