1-2-sinf matematika darslarida masala yechimini tekshirish asosida o`quvchilarni ijodiy ishlashga o`rgatish metodikasi Reja: Kirish I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy asoslari
1-2-sinf matematika darslarida masala yechimini tekshirish asosida o`quvchilarni ijodiy ishlashga o`rgatish metodikasi Reja: Kirish I bob. O’quvchilarni masalalar yechishga o’rgatishning nazariy
asoslari.
1.1. Boshlang’ich sinf matematika kursida matnli masalalar 1.2. Masalani yechishga o’rgatishning asosiy bosqichlari
II bob. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini masalalar yechishga o’rgatish
metodikasining umumiy masalalari
2.1. Matematik masalalar va ularning turlari 2.2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida masala yechish ko’nikmasini
shakllantirish metodikasi 2.3. Boshlang’ich sinfda masalalarni o’rganishda zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish 2.4. Pedagogik tajriba-sinov natijalari va uning tahlili.
Tajriba sinov ishlari natijasi.
KIRISH Mamlakatimizda ta`lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta`lim, fan, texnika va texnologiyaning iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda o'qitish jarayoniga innovatsiyalarni tadbiq etish bilan bir qatorda, ta`lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining imkoniyatlari va ehtiyojlari nuqtai nazaridan ular uchun zarur va etarli shart-sharoitlarni yaratib berishni bugungi kun talab etmoqda.
Hozirgi kunda xalq ta`limi oldida ta`lim tarbiya samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qo`yildi. Bu vazifa bevosita boshlang`ich maktabning ham vazifasi. Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, sog’lom hayotiy pozitsiyaga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o’zining dolzarbligini yo’qotmaydigan masala hisoblanadi.1 Ta`lim samaradorligi oshirishning turli yo`llari mavjud. Masalan: talimning turli uslublaridan unumli foydalanish, mazmunini qayta ko`rib chiqish, davr talabiga mos materialli tanlash, talim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalana olish va xokazolar. O`quvchi o`quv faoliyatini faollashtirish bevosita o`qituvchi hamda o`quvchi faoliyatlarini to`g`ri tashkil etish va uni boshqarishga bog`liq.