1. A. Temur va temuriylar saltanat Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi



Yüklə 70,5 Kb.
səhifə1/5
tarix18.06.2022
ölçüsü70,5 Kb.
#117037
  1   2   3   4   5
A.Temur va temuriylar saltanat

Reja:


1. A.Temur va temuriylar saltanat
2. Temuriylar davlatining boshqaruv tizimi.
3. Temuriylar davlatining sud hokimiyati, harbiy qo‘shin va soliq tizimi.
4. "Temur tuzuklari"- temuriylar saltanatining huquq manbai.

XIV asrning o‘rtalariga kelib, Movarounnahrda Chig‘atoy ulu-sining ikkiga bo‘linib ketishi natijasida hokimiyat ancha zaiflashadi. Taxt uchun olib borilgan kurashlar natijasida (1326-1358 yillar) mamlakatda siyosiy tarqoqlikdan foydalangan katta-katta viloyatlarni qabilalar boshliqlari, jumladan Keshni Xoji Barlos, Xujandda Boyazid Jaloyir, Balxni Uljoy Bug‘asulduz, Toshkentni Xizir Yasevuriylaro‘z mulklari sifatida mustaqil boshqarar edi. Buni sabablari birinchidan:


Chig‘atoy ulusini parchalanib, siyosiy tarqoqlikning avj olishi, ikkinchidan 140 yil hukm surgan Mug‘ul zulimidan qutulishga intilish, uchinchidan Chig‘atoy ulusini Mug‘uliston xoni Tug‘luq Temurxon tomonidan qayta bosib olinishiga intilishi bilan xarakterlanib kelgan.
Ana shunday bir davrda Borlos begining o‘g‘li Tarag‘ay Bahodir-ning o‘g‘li Temurbek tarix maydoniga keladi. Sharafutdin Ali Yazdiyning fikriga ko‘ra A.Temur Xijriy 736 yil sha’ban seshanba 25 kuni ya’ni xijriy 1336 yil 9 aprelda tug‘ilgan. Uning otasi Tarag‘ay Baxodur Barlos urug‘ining boshlig‘i bo‘lib, Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘idan edi. Onasi Takina xotun ismli ayol edi.
A.Temur yoshlik yillaridayoq bilim olishga kirishadi. Bu haqida uning o‘zi shunday deydi: “Yetti yoshga to‘lganimda meni madrasaga olib borishdi va qo‘limga so‘zlar jadvalini berishdi. Men o‘qiy boshladim. Va erishgan muvaffaqiyatlarimdan behad xursand bo‘ldim”. 9 yoshga to‘lganda esa nomoz o‘qiganligi, 12 yoshda o‘z tengqur-lari bilan suhbatlar o‘tkazganligi va nixoyat 21 yoshda otasini bor mol-mulkini boshqarganligini hikoya qiladi: “Otam amir Tarag‘oy va uning fuqarolarining ekini shu yil mo‘l hosil berdi, qaramol va yilqi ham juda ko‘p tug‘ildi. har o‘n xizmatkorni birini boshliq qilib qo‘ydim, har 20ta otni bir podaga ajratdim har podani bir xizmatkorga topshirdim. Menga qarashli molu-mulkni boshqarishni maxsus ishonchli xizmatkorga topshirdim”. Yuqoridagilardan ko‘rib turibdiki Temur yoshligidanoq juda tadbirkor bo‘lgan, boshqaruvni nozik sirlarini bilgan.
Temurning dunyoqarashida davlatga, harbiy ishlarga bo‘lgan qiziqish juda erta o‘yg‘onadi. Bu haqida shunday deydi: “Men 10 yoshda o‘zimda favqulodda hukmronlik va ulug‘lik alomatlarini xis qildim. 18 yoshimda o‘zimning suvoriylik va ovchilik hunarim haqida ko‘p o‘yladim. Umrimni qur’on o‘qish, shatranj o‘ynash va ot minish mashqlariga sarf qildim”.

Yüklə 70,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin