Temuriy davlati sud hokimiyati, harbiy qo‘shin va soliq tizimi
Temur davlatida sudlov ishlarini qozilar tomonidan amalga oshirlgan bo‘lib, ular fuqarolar, harbiylar, ruxoniylar va xizmatchilar ishlarini ko‘radigan qozilar turlariga bo‘lingan. har bir shaharda Dorul-omonat ya’ni hukumat uyi, Dorul-adolat-kozixonalar mavjud bo‘lgan. Yuqoridagilarga ko‘ra temuriylar davlatida qozilar 4 ga bo‘lingan;
1. qozi-askar: -lashkarlar, sipohlar uchun qozi.
2. Urf- odatlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘ruvchi Axdos qozi.
3. Ruhoniylar bilan bog‘liq ishlarini ko‘ruvchi Shayx-ul-islom.
4. Aslzodalar bilan bog‘liq ishlarni ko‘ruvchi Ixdom qozisi.
Temur tuzuklariga ko‘ra, qozilar asoslangan hukm va qaror chiqarishi zarur bo‘lgan. Agar tomonlardan biri qozining chiqargan qaroridan norozi bo‘lsa davlat boshlig‘iga shikoyat qilish lozim bo‘lgan. Butun mamlakat bo‘yicha qozilar faoliyatini nazorat qilish kozikolonga yuklatilgan.
Temur davlatida alohida muassasa “Adolat devoni” bo‘lgan. U asosan, davlatga qarshi qaratilgan jinoyatlar, boshqarish tartibiga va mansabdorlik jinoyatlarini ko‘rib, tegishli jazo tayinlangan.
Temur davlatida maxsus jinoyat qidiruv mirshabligi bo‘lgan. U savdo karvonlari harakati xavfsizligini ta’minlash, bosqinchilar va o‘g‘rilar to‘dalarini topish va qo‘lga olish, shariat qoidalarini buzganlarga, darbadarlarga, tilamchilarga qarshi choralar ko‘rish bilan shug‘ullangan.
Amir Temurning nomini dunyoga mashhur qilgan hamda uni Soxibqiron, ya’ni shohlarni shohi degan unvonga sazovor bo‘lishi zaminida uning shavkatli amirlari, lashkarlari turadi. Gap shundaki, u hokimiyat uchun kurashga kirgan kunidan boshlab, ana shu sipohni tuzish va uning kuch-qudratini doimo yuksaltrishga alohida e’tibor berdi. Eng oliy bosh ko‘mondon Temurning o‘zi hisoblangan, u bo‘lmagan vaqtlarda qo‘shinlar ishi yuzasidan noibi bosh amir, Amiru-ul-umaro boshchilik, qilgan. Tuzuklarda ko‘rsatilishicha bu unvonga 5 kishi sazovor bo‘lgan, qoidaga ko‘ra “Amir ul-umaro” unvoniga sazovor bo‘lgan kishilar chegara nohiyalarning hokimi, o‘z yo‘l ostidagi viloyatlarning harbiy va fuqaroviy hukmdori hisob-langan. Ulardan keyingi darajada 4 ta “beklar begi” turgan. Amir-lar 1-12 darajali amirga bo‘linib, darajasiga qarab 1-12 mingta qo‘shinga boshchilik qilgan. Urush vaqtida ular amiri ul-umaroning noiblari hisoblangan. Sipox tashkil qilishda Temur ularga 10 boshi, 100 boshi, mingboshi, amirlar tanlashda bevosita jang maydo-nida o‘zining mahoratini ko‘rsatgan kishilarni tanlaydi. Bu haqida uning o‘zi shunday deydi: Cherik tuzib navkar olmoqda 3 qoidaga amal qildim. 1-dan yigitning kuch-quvvatiga, 2-dan qilichni o‘ynata olishiga, 3-dan aql-zaqovatiyu – kamolotiga e’tibor qildim. Shu uch fazilat jamuljam bo‘lsa navkarlik hizmatiga oldim.
Yurish vaqtida ulus va tuman amirlari har chodir (utov) 1 otliq har 2 (kapa chayla) 1 otliq, har 1 o‘troq aholidan 1 otliq miqdorida qo‘shin to‘planishi lozim. qo‘shin ichidagi tuzilish o‘nlar tuzumiga asosan tuzilib, ular boshida o‘nboshi, yuzboshi ming boshilar turgan. Temur o‘z sipohni tuzishda tabiiy qonunchilikga amal qiladi. Shuningdek ularning boshlig‘i qilib, o‘zlarining orasida hammalaridan ham botirini, shijoati ortiqroq jangchini tanlab, qolgan to‘qqiztasini roziligi asosida o‘nboshi qilib tayinlaydi. Bu holat 100 boshi va ming boshilarga nisbatan ham qo‘llangan, bu esa o‘ziga xos harbiy demokratiyani belgisi edi.
Amir Temur o‘rnatgan qonun va qoidasiga binoan lashkarlar orasida biror-bir kimsa o‘lsa, yoki qochib ketsa uning o‘rniga yangi kishi taynlash qo‘yidagi tartibda o‘tkazilgan: oddiy jangchi o‘nboshi, o‘nboshi 100 boshi, 100 boshi esa mingboshi bo‘lishiga huquq berila-di. Bu o‘zgarishlar va yangi tayinlanganlar haqida va uning sabab-larini shaxsan o‘zini xabardor qilishlarini talab qilgan. Amir Temur jang maydonlarida hamda saltanat ishlarini boshqarishda mingboshning hukmi yuzboshiga, yuzboshining hukmi o‘nboshiga va 10 boshining hukmi ko‘l ostidagi jangchilarga qat’iy qilib belgilab qo‘yadi. Agarda kimda kim bu qoidani buzsa, u qonuniy jazoga torti-lib, o‘z lavozimidan bo‘shatilgan va o‘rniga yangi shaxs tayinlangan.
Amir Temur faqatgina o‘z sipohini tashkil etish yoki uning jangovorligini oshirish ishlari bilangina emas, balki u sipohning ichki masalalari, sipohga ulusda oziq-ovqat, maosh turli moddiy inomlar qilish, tanho taqsimlash, ya’ni ayrim amirlarga, mingboshi, yuzboshilari uchun boylik, yer-suv, amirlik mansabini berish, martabalarga tayinlash qoidalarini ishlab chiqqan va amalga oshirgan. Maosh tayinlashni quyidagicha amalga oshirgan:
Odiy sipoh o‘z vazifasini o‘rinlatib bajarganda unga mingan otining bahosi berilgan, bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan 4 ot bahosigacha. O‘nboshilarning maoshi qo‘l ostidagi oddiy sipohiydan 10 barobar ortiq bo‘lgan. Yuzboshilarning maoshi esa 10 boshilarning maoshidan 2 barobar, mingboshning maoshi esa, 100 boshining maoshidan 3 barobar ortiq belgilangan. Askarlarning maoshi ko‘rsatgan xizmatlariga qarab berilgan. Bundan tashqari alohida ko‘rsatgan xizmatlari uchun (qahramonliklari uchun) “ulufa” “tanho” kabi rag‘batlantirishlar joriy qilingan.
Agarda sipohiylardan qaysi biri jangda xatolikka yo‘l qo‘ysa, uning maoshi o‘ndan birga kamaytirilgan. Maoshni belgilash “devon begilar” orqali amalga oshirilgan.
Amirlar va amir-ul-umarolarga sarxad yerlaridagi viloyatlardan biri “tiyul” mulk (soliq yig‘ib olish uchun topshiriladigan viloyat, yer mulk) qilib belgilangan.
Amir Temur o‘z qo‘shinining yaroq va jixozlari haqida doimo g‘amxo‘rlik qilgan. Oddiy asarlar 18-1 chodir, 1 qilich arra bigiz. 1 qop, baxodirlar 5-1 chodir har biri temir sovut, dubulg‘a qilich o‘q 5 ta ot, yuzboshilar har biriga 1 chodir, 10 ot, sovut, mingboshilar 1-1 chodir, soyabon, boshqa aslaha qurol yaroq ko‘tara olganicha.
1-amir 110 ot, 2-chisi 120 ta ot, 3-si 130 4-chisi 140 ta ot. Amir Temurni o‘zi esa 300dan kam bo‘lmagan ot olishi belgilab qo‘yilgan.
Urush va tinchlik paytlarida sipoh va o‘rda 4 tarafdan qo‘riqlab turilgan. Sipohlar, amirlar, yuzboshi, mingboshilar devonxonaga majlislarga bosh kiyimsiz kirishi, qilichsiz kirishi mumkin bo‘lmagan. Hamma vaqt 12 ming askar qorovullikda turgan. Har kecha 1000 kishidan soqchilik qilib turishgan. Har 100 soqchiga 100 boshi tayinlanib, shartlashgan maxfiy so‘z aytilgan
Qo‘shin tuzishda yuqoridagi tamoyillarga, qoidalarga qat’iy amal qilish natijasida Amir Temur o‘rta asrlarda misli ko‘rilmagan jangavorliklarni qo‘lga kiritgan va eng og‘ir shiddatli janglarda ham doimo zafar qozongan.
Ko‘p ming sonli armiya va boshqaruv apparatini moliyaviy ta’minlashning asosiy yo‘li turli soliqlarni yig‘ish bo‘lgan. Temur davlatida olinadigan soliqlar quyidagilardan iborat bo‘lgan.
1. Xiroj-solig‘i (nakd pul yoki mahsulot)
2. Sovarin-oliy martabali shaxslarga qilinadigan tortik.
3. Qo‘nalg‘a-safar paytida olinadigan soliq.
4. Shilon puli-podsho va oliy mansabdorlarning ovqati uchun yig‘iladigan soliq.
Xiroj miqdori daromadning uchdan biri miqdorida undiril-gan.
Shuningdek tashlab qo‘yilgan yerlarni ishlab, hosildor yerga aylantirgan dehqonlardan, hosilning birinchi va ikkinchi yili o‘zi xohlaganicha soliq to‘lab, 3 yildan boshlab umumiy asoslarda soliq to‘laganlar.
Dostları ilə paylaş: |