1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/6
tarix18.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#127040
  1   2   3   4   5   6
1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat maj

Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari

Reja:


1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati.

2. Agrosanoat majmuasining tarkibi.

3. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifalari.



1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati.
Bozor munosabatlari shаroitidа iqtisodiyot tаrmoqlаrining, shu jumlаdаn, qishloq хo’jаligi ishlаb chiqаrishining sаmаrаdorligi ko’p jihаtdаn boshqа tаrmoqlаr ishlаb chiqаrish fаoliyatigа chаmbаrchаs bog’liq. Sаbаbi, bir tаrmoqning pirovаrd mаhsuloti boshqа bir tаrmoq uchun ishlаb chiqаrish vositаsi yoki хom-аshyosi bo’lib хizmаt qilаdi vа uning tаrmoq uchun birlаmchi qаytа ishlаsh yoki mаhsulotni istе’molchigа yеtkаzib bеrish хizmаtini vujudgа kеltirаdi.
Qishloq xo’jaligi tarmog’i ham iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’i sanoat korxonalaridan ishlab chiqarish vositalarini oladi va yetishtirilgan mahsulotlar sanoat korxonalari uchun xomashyo hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonining bir maromda kechishi uchun xizmat ko’rsatuvchi korxonalar xizmatidan ham foydalanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining samaradorligi ushbu tarmoqlar bilan bo’ladigan aloqalari qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilganligiga bevosita bog’liq.
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biri bilan uzviy bog’lanishi, bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan ajralib, alohida rivojlanishi ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ayriboshlashning kuchayishiga olib keldi. Bir tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga talab asosan boshqa tarmoqda vujudga keladi. Natijada bir tarmoq ikkinchisisiz barqaror rivojlana olmaydi. Bu ularning integratsiyalashuvi zaruratini keltirib chiqaradi. Sanoat va qishloq xo’jaligining rivoji ular o’rtasida aloqalarning murakkablashuviga olib keldi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sanoat tarmog’ida qayta ishlanadi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi sanoat uchun xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqqa aylanib, qishloq xo’jaligi tarmog’ining oxirgi iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi kamayib boradi. Bu esa o’z navbatida tarmoqlararo integratsiyani kuchaytiradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish shu darajada yuksalib bormoqdaki, iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biri bilan juda chambarchas bog’lanib qolmoqda. Ularning bog’lanishi, ayniqsa, texnologik jihatidan bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlarda kuchlidir. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarda bu jarayon juda yorqin namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, uni tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohalar iqtisodiyotini bir-biridan alohida holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu tarmoqlar yagona bir tizimni tashkil etadi va ularning birgalikda mutanosib ishlashi pirovard natijaning samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Agrosanoat integaratsiyasining yanada chuqurlashib borishi obyektiv jarayondir. Bu albatta, qishloq xo’jaligining va umuman agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining rivojlanishiga olib keluvchi jarayondir. Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli sifatida o’tgan XX asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat majmuasi yagona tizim sifatida shaklana boshladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi, yagona maqsadlarga bo’ysundirilgan, texnologik jihatdan bir-biri bilan bog’langan tarmoq va xizmatlar yig’indisidir. Agrosanoat majmuasining quyidagi turlari mavjud:

  • mamlakat agrosanoat majmuasi;

  • hudud agrosanoat majmuasi;

  • ixtisoslashgan (go’sht, sut, don, sabzavot va poliz kabi mahsulot turlarini yetishtirish bilan shug’illanuvchi) agrosanoat majmualaridan iborat.

Mamlakat agrosanoat majmuasiga agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar (qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchi zavodlar, omuxta yem, mineral o’g’itlar tayyorlovchi zavodlar va hokazo), qishloq xo’jaligi tarmog’i, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlovchi, tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarini iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar hamda qishloq xo’jaligiga turli xizmatlarni ko’rsatuvchilar kiradi.
Hudud agrosanoat majmuasi esa ma’lum, bir hudud (iqtisodiy hududlar, viloyatlar, vohalar, ba’zan tumanlar) doirasida amal qiladi. Samarqand viloyatida tamaki yetishtiruvchi xo’jaliklar va tamakini qayta ishlash sanoati o’rtasida itegratsiya mavjud bo’lib, bu hududiy agrosanoat majmuasiga misol bo’ladi. Qorako’lchilik sohasidagi agrosanoat integratsiyasini ham hududiy agrosanoat majmuasiga kiritish mumkin, chunki, qorako’lchilik mamlakatimizning ayrim hududlarida rivojlangan.
Ixtisoslashgan agrosanoat majmualari ikkiga bo’linadi. Birinchisi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Ikkinchisi, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi agrosanoat majmuasi. Bu agrosanoat majmualarining har ikkalasi ham alohida olingan tovarlar (mahsulotlar) bo’yicha agrosanoat majmualarini tashkil etadi.
Mamlakatimizda aholi soni hamda sanoat korxonalari soni va ularning ishlab chiqarish quvvatlari yil sayin oshib bormoqda. Bu esa mamlakatimizda qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirilishini taqozo etmoqda. Ushbu muammolarni yechish uchun eng avvalo tarmoqlararo mehnat taqsimotini rivojlantirgan holda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish hamda qayta ishlash tarmoqlarining mutanosib ravishda rivojlanishini ta’minlashga erishish, so’ngra tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va ularni iste'molchilarga yetkazuvchi tarmoqlarning tashkiliy, texnikaviy, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy bog`lanishini ta'minlash lozim.
Ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligini barqaror ravishda rivojlantirish, samaradorligini yuksaltirish uchun uni yangi qishloq xo’jalik mashinalari, texnikalari, transport va kimyoviy vositalar, mineral o’g’itlar, yoqilg’i hamda yog’lovchi materiallar, qurilish materiallari, ozuqa moddalari bilan to’liq va mutanosib ravishda ta’minlab, mustahkam moddiy-texnika bazasini barpo etish kerak. Demak, qishloq xo’jaligining kelajakdagi rivoji dastavval uning uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari faoliyatiga bevosita bog’liqdir.
Aholining oziq-ovqat va boshqa turdagi iste’mol tovarlari bilan ta’minlash qishloq xo’jaligi tarmog’ida yetishtirilgan xomashyolardan aholining barcha talablarini qondira oladigan oziq-ovqat va nooziqovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarining serqirrali faoliyatiga ham bog’liq.
Bozor munosabatlari shаroitidа iqtisodiyot tаrmoqlаrining, shu jumlаdаn, qishloq хo’jаligi ishlаb chiqаrishining sаmаrаdorligi ko’p jihаtdаn boshqа tаrmoqlаr ishlаb chiqаrish fаoliyatigа chаmbаrchаs bog’liq. Sаbаbi, bir tаrmoqning pirovаrd mаhsuloti boshqа bir tаrmoq uchun ishlаb chiqаrish vositаsi yoki хom-аshyosi bo’lib хizmаt qilаdi vа uning tаrmoq uchun birlаmchi qаytа ishlаsh yoki mаhsulotni istе’molchigа yеtkаzib bеrish хizmаtini vujudgа kеltirаdi.
Qishloq хo’jаligi bir tomondаn, tехnikа, qishloq хo’jаligi mаshinаlаri, yonilg’i-moylаsh mаtеriаlllаri, kimyoviy vositаlаr, minеrаl o’g’itlаr, qurilish mаtеriаllаri vа trаnsport vositаlаri yеtkаzib bеruvchi sаnoаt bilаn, ikkinchi tomondаn, tа’mirlovchi, sаqlovchi, yеtkаzib bеruvchi, ya’ni хizmаt qiluvchi tаrmoqlаr vа ishlаb chiqаruvchilаr bilаn bog’lаngаn.
Bundаn tаshqаri, qishloq хo’jаligi mаhsulotlаridаn хom-аshyo sifаtidа foydаlаnuvchi, sаnoаtning oziq-ovqаt, yеngil, to’qimаchilik kаbi tаrmoqlаri bilаn hаm mustаhkаm аloqа mаvjud.
Sаnoаt vа qishloq хo’jаligi tаrmoqlаri o’rtаsidа bundаy аloqаdorlik ulаr bаzаsidа, o’zaro chambarchas аloqаdor bo’lgаn vа yagonа pirovаrd mаqsаdgа qаrаtilgаn аgrosаnoаt mаjmui shаkllаnishuvini vujudgа kеltirаdi.
Shundаy qilib, аgrosаnoаt mаjmuasi qishloq хo’jаligini rivojlаntirish bilаn, uning ishlаb chiqаrishgа хizmаt qiluvchi vа qishloq хo’jаligi mаhsulotlаrini istе’molchilargа yеtkаzib bеrish bilаn bog’lаngаn iqtisodiyot tаrmoqlаrining to’plаmidаn iborаtdir. Uning fаoliyati minimаl хаrаjаtlаr hisobigа mаmlаkаt аholisini oziq-ovqаt mаhsulotlаri vа sаnoаtni хom аshyo bilаn to’lаroq qondirishgа qаrаtilgаn.
Аgrosаnoаt mаjmuining аsosiy ijtimoiy-iqtisodiy mаqsаdi quyidаgilаrdаn iborаt:

  • mаmlаkаtda oziq-ovqаt xavfsizligini ta’minlash;

  • aholining qishloq хo’jаligi хom-аshyosidаn tаyyorlаnаdigаn nooziq-ovqаt tovаrlаrgа bo’lgаn tаlаbini qondirish;

  • agrosаnoаt mаjmui korхonаlаrini rivojlаntirishning intеnsiv shаkligа o’tkаzish vа shu аsosdа pirovаrd mаhsulot ishlаb chiqаrishni o’stirishni tа’minlаsh;

  • bаrchа tаrmoq vа korхonаlаrdа mаvjud rеsurslаr sаlohiyatidаn foydаlаnishni yaхshilаsh vа shu аsosdа ishlаb chiqаrish sаmаrаdorligini oshirish.



  1. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin