1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə2/6
tarix18.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#127040
1   2   3   4   5   6
1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat maj

Agrosanoat majmuasining tarkibi.

Iqtisodchi olimlar tomonidan agrosanoat majmuasining tarkibi bo’yicha turli fikrlar keltirilgan. Agrosanoat majmuasining tashkiliyiqtisodiy masalalariga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarda ayrim olimlar agrosanoat majmuasining tarkibi 3 ta, ayrimlari esa 4 ta va boshqalar 5 ta sohadan iborat ekanligini ta’kidlashgan. Ularning har biri agrosanoat majmuasi tarkibini ilmiy izlanishning maqsadi bo’yicha izohlagan. Agrosanoat majmuasining tarkibini ilmiy asarlarda belgilangan tasnifining birortasini inkor qilmagan holda uning tarkibini 4 ta sohaga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu sohalar quyidagilardir:


  1. 1-rasm. Respublika agrosanoat majmuasi tarkibi.

Respublika agrosanoat majmuasining 1-sohasiga agrosanoat majmuasi tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi soha kiradi. Ular tarkiban qishloq xo’jalik mashinasozlik, traktorsozlik sanoati; kimyo sanoati; neft mahsulotlari sanoati, mikrobiologiya sanoati; stanoksozlik sanoati; qurilish materiallari sanoati va boshqalardan tashkil topadi.
Qshloq xo’jaligi tarmog’i uchun zarur bo’lgan qishloq xo’jalik texnikalari ishlab chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar 3.1-jadvalda keltirilgan.
3.1-jadval Asosiy turdagi qishloq xo’jaligi texnikalari ishlab chiqarish


2016

2017

2018

2019

Traktorlar, dona

720

1182

3926

2257

Traktor kultivatorlari, ming dona

2,2

1,2

1,2

3,8

Boronalar, dona

3310

912

1010

54

G’alla o’ruvchi kombaynlar, dona

232

312

574

307

Seyalkalar, dona

1410

1260

1026

1288

O’rgichlar, dona

201

187

172

104

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, mamlakatimizda 2019-yilda traktorlar ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 3,1 barobarga oshgan, lekin 2018-yilga nisbatan 57,5 foizni tashkil etgan. Mamlakatimizda mavjud fermer xo’jaliklari va agroklasterlar soni hamda ularning qishloq xo’jalik texnikalari bilan haqiqiy ta’minlanganlik darajasini inobatga olganda ishlab chiqarilayotgan traktorlar soni ancha kamdir. Shu sababli mahalliy tuproq va iqlim sharoitlarimizga mos, arzon, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni inobatga olga holda traktorlar ishlab chiqarishni yanada oshirish lozim. Shu bilan birga, fermer xo’jalikarining traktorlarni sotib olish imkoniyatlarini ham inobatga olish lozim. Tarmoqda bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish orqali fermer xo’jaliklarining daromadlarini oshirish, shu orqali ularda qishloq xo’jalik texnikalari sotib olishlari uchun imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda davlatning qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini faol qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga erishish mumkin. Boronalar va o’rgichlar ishlab chiqarish hajmi esa keskin kamayganligini ko’rishimiz mumkin. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish hajmi to’g’risidagi ma’lumotlar 3.2-jadvalda keltirilgan.
3.2-jadval Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish, ming tonna



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin