1. Algebraik materallarni òrganish metodikasi Sonli ifodalar tanishtirish metodikasi



Yüklə 103 Kb.
səhifə3/5
tarix10.11.2023
ölçüsü103 Kb.
#131573
1   2   3   4   5
1. Algebraik materallarni rganish metodikasi Sonli ifodalar tan

IV bosqich. Bu bosqichga qavslarni o’z ichiga oladigan ifodalar qaraladi. Qavslvrni kiritishga doir dars bo’lagining variantlaridan biri mana bunday: Katakli taxtachada

























































































































































































































Kartochkalar qo’yilgan.
Topshiriq: kartochkalardan foydalanib, ifodalar tuzing, ularni aytib bering. O’quvchilar tuzadilar: 7 + 2 , 2 + 7 ( 2 va 7 sonlarining yig’indisi ) 7 – 2 ( 7 va 2 sonlarning ayirmasi). O’qituvchi bu ifodalarni 7 + 2, 7 – 2, 2 + 7 kartochkalar bilan almashtiradi va «+» «–» «10» kartochkalarini qo’shadi.
Topshiriq : bu kartochkalardan yangi ifodalar tuzing va ularni o’qing.
Bolalar tuzishadi va o’qishadi: 10 + 7 + 2 (10 soniga 7 va 2 sonlarining yig’indisini qo’shish kerak.) 10 – 2 + 7 (10 sonidan 7 va 2 sonlarining yig’indisini ayirish kerak.) 7 – 2 + 10 (7 va 2 sonlari ayirmasiga 10 sonini qo’shish kerak.)
Keyin bu ifodalarning qiymatlarini qanday hisoblanishi aniqlashtiriladi. O’qituvchi tuzilgan ifodalarga sonlar yig’indisi (ayirmasi) «uychaga» qamalgan deb tushuntiradi. Daftarlarda bunday uychalarni chizish noqulay. Shu sababli uychaning polini va shiftini olib tashlaymiz, devorlarini esa bir oz egriroq qilamiz, qavslarni hosil qilamiz. Ifodalar bunday ko’rinishni oladi:
10 + (7 + 2 ), ( 7 – 2 ) + 10, 10 – ( 7 + 2).
Amallar tartibini aniqlash oson – avval qavslar ichidagi natijani, keyin ikkinchi amalni hisoblaymiz. Bu ifodalarni o’qishni o’rganamiz: so’ngi amalni ajrat, natijaning nomini ayt va keyin ifodani o’qi: 

  1. 10 songa 7 va 2 ning yig’indisini qo’shish kerak.

  2. 7 va 2 ning ayirmasiga 10 sonini qo’shish kerak.

  3. 10 soni bilan 7 va 2 sonlari yig’indisi orasidagi ayirmani topish kerak.

Amallar tartibini bajarishda bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish maqsadida ushbu mashqlar taklif etiladi:

  1. Qavslarni shunday qo’yingki, tengliklar to’g’ri bo’lsin:

  2. 25 – 15 : 5 = 2, 3 ∙ 6 – 4 = 6, 24 : 8 – 2 = 4.

  3. Yulduzchalar o’rniga «+» yoki « – » belgilarini shunday qo’yingki, to’g’ri tengliklar hosil bo’lsin:

  4. 38 * 3 * 7 = 34, 38 * 3 * 7 = 42, 38 * 3 * 7 = 28, 38 * 3 * 7 = 48.

  5. Yulduzchalar o’rniga amallar ishoralarini shunday qo’yingki, tengliklar to’g’ri bo’lsin:

  6. 12 * 5 * 2 = 4, 12 * 6 * 2 = 9,

  7. 12 * 6 * 2 = 24, 12 * 6 * 2 = 0.

  8. Yozilgan misollar juftliklaridan amallar tartibi qoidalari bo’yicha hisoblangan misollarni ko’chirib oling:

  9. 60 – 20 : 4 = 10, 60 – 20 : 4 = 55,

  10. 4 ∙ 3 + 20 : 5 = 16, 4 ∙ 3 + 20 : 5 = 28.

Qolgan ifodalarga qavslardan foydalanib, amallar tartibini shunday o’zgartiringki, ular ko’rsatilgan qiymatga ega bo’lsin.
Ushbu eslatma bolalarning ifodalarni o’qish ishlarini juda yengillashtiradi:
Qaysi amal eng keyin bajarilishini aniqlang.
Bu amaldagi sonlar qanday nom bilan atalishini eslang.
Bu sonlar nima bilan ifodalanganligini o’qing.
Ifodani o’qing.
Sonli ifodalarni o’qish va hisoblash matematik nutqni, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
Matematika dasturiga binoan harfiy ifodalar 1-sinfdan boshlab kiritiladi. Bu erda o’quvchilar
a + x = b x + c = d
ko’rinishdagi tenglamalarni echishda va masalalarni tenglamalar yordamida echishda, no’malum sonni belgilash uchun simvol sifatida ishlatiladigan x harfi bilan tanishadilar
2-sinfda x harf o’zgaruvchini belgilaydigan simvol sifatida kiritiladi. Bu boshlang’ich sinflardanoq o’zgaruvchi tushunchasini shakllantirish va bolalarni simvollarning matematik tilda ifoda qilish imkonini beradi.
Harfning o’zgaruvchini belgilash uchun simvol sifatidagi ma’nosini ochib berishga tayyorgarlik ishi 2-sinfda o’quv yilining boshida qo’shish va ayirish amallarini takrorlash munosabati bilan o’tkaziladi. Harflarning kiritilishi bilan bir vaqtda tayyorgarlik davrida, bolalar yangi terminlar: "matematik ifoda" va "matematik ifodaning qiymati" bilan ta’rifsiz tanishadilar.Bu davrda yig’indi va qoldiqni topishga doir bir xil mazmundagi sodda arifmetik masalalarni echish bo’yicha ish olib boriladi.

Yüklə 103 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin