№1 амалий машғулот


Erebuni (Yerevan atrofidagi Arin-berd tepaligi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə35/95
tarix10.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#139283
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95
Arxelogiya sirtqi majmua

Erebuni (Yerevan atrofidagi Arin-berd tepaligi) shahri xarobalarida olib borilgan tadqiqot ishlari jarayonida toshda o‘yib yozilgan yozuv topiladi, unda: “Xalda xudosi panohidagi Argishti, Menuaning o‘g‘li, bu qal‘ani qurdirib, shaharga Erebuni nomini berib, Biayna (Urartu) va boshqa mamlakatlardagi shaharlardanda mustahkam. Shahar o‘rnida avval hech nima yo‘q edi, men bu yerda Xate va Supanidan 6600 askar olib keltirib uni bunyod ettirdim”, deb yozilgan.
Qadimgi urart tilidagi Erebuni hozirgi Yerevan nomi bilan bog‘liq bo‘lib, Armaniston poytaxtining yadrosi sifatida qadimgi shaharlardan biri hisoblanadi.
Erebuni shahri xarobalarida olib borilgan qazuv ishlari jarayonida asosi tog‘ toshlari va xom g‘ishtdan qilingan mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan qal‘a (5 m balandlikda saqlanib qolgan) ochib o‘rganilgan. Yuqorida qayd etilgan toshdagi yozuv qal‘aga kirish qismida saqlanib qolgan, bundan tashqari yana 21 ta qal‘adagi saroy, ibodatxona va boshqa binolarning qurilishi bilan bog‘liq ma’lumotlardan iborat mixxat yozuvlari topilgan. Qazuv ishlari davomida saroy va ibodatxonadagi zallarda ossuriy uslubdagi to‘rt xil rangdan iborat suratlar chizilganligi aniqlandi.
Shaharning urartu davriga oid madaniy qatlami nihoyatda yomon saqlangan. Shunday bo‘lsa-da, qazuv ishlari natijasida ko‘plab kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlari va ularning parchalari, vino saqlanadigan katta sopol idishlar, ossuriy uslubida yasalgan urart muhrlari, turli xil bronzadan qilingan taqinchoqlar, aqiq, feruza va shishadan qilingan munchoqlar topilgan.
Arinberdda olib borilgan tadqiqotlar davomida yuzdan ortiq bronzadan ishlangan skif kamon o‘qlariga o‘xshash o‘qlar topilgan, shuningdek temirdan yasalgan turli hajmdagi o‘qlar ham uchraydi. Erebunidan topilgan kamon o‘qlari qo‘shni Teyshebainidagidan nisbatan qadimiyroqdir.
Agar shaharga asos solingan yilni qadimgi mixxatdagi ma’lumotlardan kelib chiqib mil. avv. 782 yil deb hisoblasak, unda Yerevan shahrining yoshi 2750 yil, ya’ni mil. avv. 754 yilda asos solingan Rim shahridan ham katta.
Urartu davlatida amal qilgan urart tili bugungi kunda o‘lik til hisoblanib, mil. avv. IX-VI asrlarga mansub o‘yma yozuvlar (mixxat) orqali ma’lum. Hozirgi Van ko‘li atrofida, sharqroqda Urmiya ko‘ligacha, qisman Armaniston Respublikasi hududida tarqalgan. Yozuvi akkad mixxatining soddalashtirilgan tizimidan iborat bo‘lib, 16-17 undosh va 4 ta unlini farqlash mumkin. Urartu tilida yozilgan ko‘plab yodnomalar (500 dan ortiq) dastlab XIX asrning 20-yillarida nemis arxeologlari tomonidan Van ko‘li (Turkiya) atrofidan topilgan.
Bronza davrining so‘nggi bosqichlarida yashagan ko‘chmanchi kimmeriylar haqidagi ma’lumotlar ilk marta mil. avv. 8 asrga mansub Bibliya kitobi va “Odisseya” dostonida tilga olib o‘tiladi. Shuningdek ularning harbiy yurishlari haqidgi ma’lumotlar mil. avv. 8-7 asrlardagi Ossuriya-Bobil mixxat yozuvlarida ham uchraydi. Kimmeriylarning harbiy yurishlari natijasida ular juda katta - Zakavkazedan Kichik Osiyogacha bo‘lgan hududni o‘zlariga bo‘ysundirganlar. Mil. avv. 7 asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyoda temirdan ishlangan dastlabki, mehnat qurollari miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga mansub bo‘lgan yodgorliklardan topilgan. Ammo aksariyat buyumlar miloddan avvalgi VII-VI asrlarga oiddir. O‘rta Osiyoda ilk temir davri miloddan avvalgi I ming yillik bilan belgilanadi. Anov, Dalvarzin, Daratepa, Quyisoy kabi o‘nlab yodgorliklar Turkmaniston Respublikasining janubiy, O‘zbekistonning Qashqadaryo va Zarafshon vohasi, Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent va Xorazm viloyatlari hududlarida o‘rganilgan.
Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklardan 46 tasi Janubiy Turkmaniston hududlaridan topilgan. Anov, Yoztepa, Yelkantepa, Uchtepa, Cho‘rnoq kabi qadimgi qishloq xarobalaridagi madaniy qatlamlar temir asriga mansubdir. Temir asri yodgorliklaridan biri Yoztepa bo‘lib, uning quyi qatlamini Yoz I miloddan avvalgi 900-650 yil bilan sanalanadi. Ushbu davrda yodgorlik 16 ga maydonni egallagan qishloq turar joylaridan va to‘g‘ri burchakli katta imorat-qo‘rg‘ondan iborat bo‘lgan. Qo‘rg‘on o‘rnida 8 m keladigan xom g‘ishtli sahn ustiga qurilgan saroy qoldiqlari topilgan. Xonalar uzun va to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Yoz I davri sopol idishlarining ko‘pchiligi qo‘lda yasalgan. Idishlar sariq angob bilan bo‘yalgan va angob ustidan jigarrang va qizil bo‘yoq bilan geometrik shaklli naqsh solingan. O‘zbekiston hududida ham ilk temir davriga oid bo‘lgan ko‘plab yodgorliklar topilgan. Afrosiyob, Daratepa, Ko‘zaliqir, Uygarak, Chust, Dalvarzin, Oqtom, Kuchuktepa, Yerqo‘rg‘on, Sangirtepa yodgorliklari shu davrga mansubdir.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin