V. Guruhlarda ishlash: Talabalar 5 guruhga bo’linadi. Ularni qo’llanma, adabiyotlar, matnlar bo’yicha mustaqil ishlari quyidagicha topshiriqlarni bajarish bilan mustahkamlanadi.
1-guruhga topshir:
Paleolit davri haqida ma’lumot bering.
2-guruhga topshiriq:
O’rta Osiyoda paleolit davri qachondan o’rganila boshlagan?
3-guruhga topshiriq:
Afrika va Yevropadagi asosiy arxeologik yodgorliklarni sanab bering
4-guruhga topshiriq:
O’zbekistondagi paleolit davri arxeologik yodgorliklarini o’rganishda kimlarning hissasi katta?
5-guruhga topshiriq:
Paleolit davrini arxeologik jihatdan davrlashtiring.
VI. Aqliy hujum: Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
1. Tosh qurollariga ishlov berish bosqichlarini sanab bering.
2. Rossiya hududidagi paleolit davri arxeologik yodgorliklari haqida Internetdan ma’lumot to’plash.
3. O’zbekistonda paleolit davrini o’rganayotgan qo’shma ekspeditsiyalar haqida gapirib bering.
VII. Mashg’ulotlarni yakunlash: Talabalar javoblariga qo’yilgan ballar e‘lon qilinadi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob olinadi.
VIII. Savollar va topshiriqlar: Mavzu yakunidagi savollarga javoblar tayyorlash.
Kelgusi mashg’ulot mavzu mazmuni bilan tanishib kelish.
Ilk qoyatosh suratlari haqida ma’lumot to’plash.
3-Mavzu: Mezolit davri va uning o‘rganilishi. (2 soat)
Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish:
- mezolit davrining xronologiyasi va davrlashtirilishi;
- mezolit davrining o’rganilish tarixi;
- O’rta Osiyoda mezolit davriga o’tish arafasida tabiiy sharoit;
- mezolit davri arxeologik yodgorliklari;
- mezolit davri san’ati.