IV. Ma‘ruza mavzusi ustidan ishlash: Bu vazifa talabalarning matn ustida ishlari orqali bajariladi.
V. Aqliy hujum: Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’tkaziladi.
Neolit davri haqida ma’lumot bering.
Neolit davrining muhim kashfiyoti nima?
O’zbekistondagi neolit davriga oid yodgorliklar qaysilar?
Neolit davri san’ati haqida gapirib bering.
VII. Mashg’ulotlarni yakunlash: Talabalar javoblariga qo’yilgan ballar e‘lon qilinadi.
Mavzu yuzasidan berilgan savollarga javob olinadi.
VIII. Savollar va topshiriqlar: Mavzu yakunidagi savollarga javoblar tayyorlash.
Kelgusi mashg’ulot mavzu mazmuni bilan tanishib kelish.
5-Mavzu: Eneolit davri va uning o‘rganilishi. (2 soat)
Maqsad: Talabalarda quyidagi muammolar bo’yicha teran tushunchalar hosil qilish:
- eneolit davrining xronologiyasi va davrlashtirilishi;
- eneolit davrining o’rganilish tarixi;
- eneolit davri arxeologik yodgorliklari;
- eneolit davri madaniyati.
Kutilayotgan natija: Talabalarga eneolit davri, eneolit davrining qadimgi aholisi, ularning xo’jaligi, moddiy va ma‘naviy madaniyati haqida teran tushunchalar hosil qilish.
Material va jihozlar: Qo’llanmalar, arxeologik xarita, topshiriqli kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko’rgazmasi, rasmlar, doska, bo’r.
Eng muhim tushunchalar va atamalar:Eneolit, Sialk va Suza kompleksi, Mundigak, Anov-Nomozgoh, Sarazm, qurilish va me‘morchilik, kulolchilik va metall, haykalchalar, Tripole madaniyati va uning bosqichlari, g’oyaviy qarashlar, Maykop, Drevneyam va Afanasev madaniyatlari, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE), Anovtepa, Namozgohtepa, Oltintepa, Geoksyur, oilaviy ibodatxonalar, katta oila jamoasi.