92. Qaysi yodgorlikdagi devoriy suratda ikkita bolani emizayotgan ona bo’ri tasvirlangan? A. Varaxsha
B. Afrosiyob
C. Panjikent
D. Qalai Qah-qah
93. Qaysi yodgorlikdagi devoriy suratda (Qizil zal) ov manzarasi aks etgan? A. Varaxsha
B. Yerqo’rg’on
C. Afrosiyob
D. Ayrtom
94. Chashmai Ayyub maqbarasi qaysi shaharda qurilgan? A. Samarqand
B. Buxoro
C. Toshkent
D. Dushanbe
95. Jarqo’g’on minorasining me’mori kim? A. Abdurahim Muntiyoniy
B. Abu Bakr
C. Ali ibn Muhammad Saraxsiy
D. Abduqodir “Chaldevor”
96. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa me’morchilik an’anasining qaysi uslubida qurilgan? A. Bog’
B. Madrasa
C. Masjid va madrasa
D. Saroy-bog’
97. Termizlik sayyidlar maqbarasi qanday umumiy nom bilan ataladi? A. Sulton Saodat
B. Dor us-Saodat
C. Dor ut-Tilovat
D. Shohizinda
98. Toshkentdagi Shayontohur majmuasi qaysi asrlarda qurilgan? A. X-XII asrlar
B. XV-XIX asrlar
C. XII-XV asrlar
D. XV-XVII asrlar
99. Qamashi sardobasi qachon qurilgan? A. 1745 y.
B. 1678 y.
C. 1892 y.
D. 1873 y.
100. Usta Shirin Murodov tomonidan yuksak san’at namunasi sifatida bunyod etilgan me’moriy obidani ko’rsating. A. Buxoro arki
B. Xudoyorxon saroyi
C. Baroqxon maqbarasi
D. Sitorai Mohi Xosa
IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ARXEOLOGIYA FANIDAN
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
QARSHI - 2023 Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni “Arxeologiya va etnologiya” (Arxeologiya) fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, tegishli topshiriqlarni bajaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan vazifalarni bajaradilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Tavsiyalar individual talabga asoslanadi va joriy, oraliq nazorat shaklida yoki darslardan tashqari vaqtda referat yeki muloqot tarzida topshiriladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarinihisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
- Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
- Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- Talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
- Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- Masofaviy ta’lim.