1-amaliy ish kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko’rsatkichlari va xususiyatlari



Yüklə 3,17 Mb.
səhifə6/9
tarix10.07.2023
ölçüsü3,17 Mb.
#128507
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-AMALIY ISH

Bosh sahifa
Asosiy qurilmalar

Ona plata

  • Ona plata (inglizcha: motherboard, MB, yoki inglizcha: mainboard — bosh plata; hisoblanadisleng. ona) — Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari — tezkor xotira,qattiq disk va boshqa qurilmalar oʻrnatiladigan koʻp qatlamli muxr plata. Aynan ona plata bir-biridan farq qiluvchi qurilmalarni birlashtiradi va boshqaradi.

Ona plataga oʻrnatiladigan asosiy qurilmalar:

  • Markaziy protsessor (CPU).
  • Tizimning mantiqiy yigʻindisi (chipset — inglizcha: chipset) — Markaziy protsessor (CPU)ni tezkor xotira va periferik qurilmalar kontrollyoʻrlari bilan ulanishni taʼminlovchi mikrosxemalar yigʻindisi. Odatda, zamonaviy tizimning mantiqiy yigʻindisi: „Shimoliy“" va „Janubiy“ koʻpriklar asosida quriladi.
  • Shimoliy koʻprik (inglizcha: Northbridge), MCH (Memory controller hub), tizim kontrollyori.
  • Janubiy koʻprik (inglizcha: Southbridge), ICH (I/O controller hub), periferik kontrollyor.

MikroProtsessor
Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971-yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o’ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda.
Asosiy qurilmalar
Bosh sahifa
Operativ xotira
(RAM)
RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to’g’ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o’z tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzunligi mashina so’zi uzunligini belgilab beradi.

Yüklə 3,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin