1
1-amaliy ish
Mavzu: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy siklini amaliy
tadbiqi
Ishdan maqsad: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy sikli
haqida nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lish
Nazariy qism
Dasturiy vositani ishlab chiqarishning hayotiy sikli (Software Development
Life Cycle, SDLC) - dasturiy vositalar injiniringidagi dasturiy mahsulotlarni
yaratishdagi tizimlashgan bosqichlar ketma-ketligi hisoblanadi. SDLC dasturiy
mahsulotlarni samarali loyihalash va ishlab chiqarish uchun quyidagi qadamlar
ketma-ketligiga ega (1.1-rasm):
1.1-rasm. Dasturiy vositani ishlab chiqarishning hayotiy sikli
Aloqa o‘rnatish (Communication). Bu foydalanuvchi kerakli dasturiy
mahsulot uchun so‘rovni yuboradigan birinchi qadam bo‘lib, foydalanuvchi xizmat
ko‘rsatuvchi tashkilot (dasturlash markazi) bilan bog‘lanadi va shartlarni muhokama
2
qilishga harakat qiladi. U o‘z so‘rovini yozma shaklda xizmat ko‘rsatuvchi
tashkilotga yuboradi.
Talablarni to‘plash (Requirement gathering). Mazkur qadamda, dasturiy
ta’minotni yaratish guruhi loyihani amalga oshirish uchun ishlaydi. Jamoa
muammoli sohadagi turli xil manfaatdor tomonlar bilan munozaralarni olib boradi
va ularning talablari to‘g‘risida imkon qadar ko‘proq ma’lumot yig‘ishga harakat
qiladi. Talablar foydalanuvchi talablari, tizim talablari va funksional talablarga
qarab ajratiladi. Talablar quyidagi amaliyotlar yordamida yig‘iladi:
mavjud yoki yeskirgan tizim va dasturlarni o‘rganish,
foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar bilan intervyu o‘tkazish,
ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish yoki
savolnomalardan javob to‘plash.
Texnik-iqtisodiy asoslash (Feasibility Study). Talablar to‘plangandan so‘ng,
guruh dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishning dastlabki loyihasi rejasini ishlab
chiqadi. Ushbu bosqichda jamoa foydalanuvchining barcha talablarini qondirish
uchun dasturiy ta’minotni yaratish mumkinligini va afzalliklarini aytadi. Shundan
so‘ng loyihani moliyaviy, amaliy va texnologik jihatdan tashkilot tomonidan amalga
oshirilishi mumkinligi aniqlanadi. Bunda dasturchilarga dasturiy ta’minotni
loyihasining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga yordam beradigan
ko‘plab algoritmlardan foydalanadilar.
Tizimli tahlil (System Analysis). Ushbu bosqichda ishlab chiquvchilar o‘z
rejalarining yo‘l xaritasini belgilashadi va loyihaga mos keladigan yeng yaxshi
dasturiy ta’minot modelini ishlab chiqishga harakat qilishadi. Tizimli tahlil dasturiy
mahsulotlar cheklovlarini tushunishni, tizim bilan bog‘liq muammolarni yoki
mavjud tizimlarda oldindan qilinadigan o‘zgarishlarni tushunishni, loyihaning
tashkilot va xodimlarga ta’sirini aniqlash va hal qilishni o‘z ichiga oladi. Loyiha
jamoasi loyiha doirasini tahlil qiladi va zarur bo‘lgan jadval va rejalarni tuzishadi.
Dasturiy vositani loyihalash (Software Design). Keyingi qadam - talablar va
tahlillar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni tayyorlash va dasturiy mahsulotni loyihalash
hisoblanadi. Foydalanuvchilar bergan takliflar va talablarni yig‘ish bosqichida
3
to‘plangan ma’lumotlar bu bosqichda foydalaniladi. Ushbu bosqichning natijasi
ikkita loyiha shaklida keladi; mantiqiy loyiha va fizik loyiha. Bunda muhandislar
meta-ma’lumotlar va ma’lumotlar lug‘atlarini, mantiqiy diagrammalarni,
ma’lumotlar oqimi diagrammalarini va ba’zi hollarda psevdo kodlarni ishlab
chiqadilar.
Dostları ilə paylaş: |