O‘lcham chiziqlari buyum konturidagi to‘g‘ri chiziqli kesmalarga parallel ravishda o‘tkaziladi. O‘lchamlar kichik o‘lchamdan boshlanib, umumiy (garabit) o‘lcham bilan yakunlanadi (1.4-chizma).

1.4-chizma
O‘lcham chiziqlariga strelkalar uchun joy yetarli bo‘lmagan hollarda ularni nuqtalar yoki shtrixlar – og‘ma chiziqchalar bilan almashtirish mumkin bo‘ladi, shtrixlar chiqarish chiziqlariga nisbatan 45 burchak ostida o‘tkaziladi. Kontur chiziq strelkalarga yaqin joylashgan hollarda ularni uzib tasvirlash mumkin (1.5-chizma).

1.5-chizma
Detal uzib tasvirlangan o‘lcham chiziq to‘liq o‘tkaziladi (1.6-chizma).

1.6-chizma
Simmetrik detalda ko‘rinishi bilan qirqim qismlari simmetriya o‘qi bilan chegaralansa, u holda o‘lcham chiziqlari undan bir oz o‘tkazib chiziladi (1.7-chizma).

1.7-chizma
Diametrli o‘lchamlarni qo‘yish
Diametrli o‘lchamlarni qo‘yish
Diametr o‘lchamlarni qo‘yishda o‘lcham soning qiymati oldida belgi qo‘yiladi. Bu – aylana, o‘lcham chizig‘iga nisbatan uning markazidan taxminan 75 burchak ostida o‘tuvchi chiziqchadan iborat.
Aylana ichiga diametr o‘lchamini qo‘yishda o‘lcham sonlari o‘lcham chiziqlari o‘rtasiga nisbatan siljitiladi (1.8-chizma).