Agar aylananing diametri 12 mm va undan kichik bo‘lsa, markaziy chiziqlar tutash o‘tkaziladi va o‘lcham sonlari aylana tashqarisiga chiqariladi (1.9-chizma).
Agar aylananing diametri 12 mm va undan kichik bo‘lsa, markaziy chiziqlar tutash o‘tkaziladi va o‘lcham sonlari aylana tashqarisiga chiqariladi (1.9-chizma).
1.9-chizma
Radiusli o‘lchamlarni qo‘yish
Radiusli o‘lchamlarni qo‘yish
Aylana yoyining radiusi o‘lcham soni oldiga lotin alifbosidagi bosmacha R harfi joylashtiriladi. Markaz yoki chiqarish chiziqlarining kesishuvidagi aniqlangan nuqta yoy markazi bo‘ladi. Radiusning o‘lcham chizig‘i shu markazdan o‘tkaziladi, ikkinchi uchi yoy konturiga tiralib, strelka bilan yakunlanadi.
Agar radiusi katta qiymatga ega bo‘lsa, o‘lcham chizig‘ini yaqinlashtirish va uni 90 burchak ostida sindirish ko‘rsatish mumkin (1.10-chizma).
1.10-chizma
Burchakli o‘lchamlarni qo‘yish
Burchakli o‘lchamlarni qo‘yish
Burchaklar o‘lchami o‘lchov birligi belgisi bilan gradiuslarda, daqiqalarda va soniyalarda ko‘rsatiladi, masalan: 4, 430', 124530, ( 1.11-chizma).
1.11-chizma
Agar burchak gorizontal chiziq ustiga qurilsa, u holda o‘lcham soni o‘lcham chizig‘ining qabariq qismiga qo‘yiladi. Burchak gorizontal chiziq bilan 30 va undan kichik burchakni tashkil qilsa, o‘lchamlar chiqarish – tochka ustida ko‘rsatiladi. Burchak gorizontal chiziq ostida qurilsa, u holda o‘lcham soni o‘lcham chizig‘ining botiq qismida ko‘rsatiladi (1.11, а-chizma).

Vatar va yoy uzunligi hamda buchaklarga o‘lcham qo‘yish 1.11, b-chizmada ko‘rsatilgan.