Loviyasimon gullar. Bu gullarning tashqi kurinishi kupincha loviya urug‘ining shaklini eslatgani uchun, shunday deb nom berilgan. Loviyasimon gullar morfolik tuzilishi jixatidan qalam gullariga o‘xshash bo‘lib, ularda xam gulning ustini qoplab turuvchi va gulning ostiga kirib turuvchi jun tolalari mavjud. Gulning xosil qilgan jun tolalarning uchi yopiq. Gullarning uzunligi 12 mm gacha, uzunligi esa enidan 1,5-2,0 marta ortiq.
Xalqasimon (xalqa) gullar. Bu gullarni xosil qiluvchi jun tolalari kichik-kichik kokilchalarga birlashib xalqa shaklida jingalaklanadi. Xalqa gulli qo‘zilarning jun tolasi 13 mm dan 16,1 mm gachadir. Tolalari ortiqcha uzunlikka ega bo‘lgan gullar bir biri bilan chatishib, turli tomonga qarab to‘zg‘ib yotadi. Xalqasimon gullarning jun tolasida uzunasiga qarab egilgan ikita yoyi bo‘ladi.
No‘xat gullar. No‘xat gullarni xosil qiluvchi jun tolimchalarining uchlari tugunsimon yoki to‘xat shaklida jingalaklangan. No‘xat gullar ko‘pincha mayda, kamdan kam xolda o‘rta o‘lchamda uchraydi. Bu xildagi gullarning jun tolasi ancha o‘siq bo‘lib, uzunasi bo‘ylab ikkitadan to‘rttagacha jingalaklangan yoyi bor. YOylari kam, tuguni yopiq no‘xat gullar tashqi ko‘rinishi bo‘yicha mayda loviyasimon gullarga, uchidagi tugunlari yoziqroq, ko‘p yoyli no‘xat gullar esa parmasimon gullarga o‘xshab ketadi. No‘xatsimon gullar ko‘proq kavkaz barra tipidagi ikkinchi klass mayda gulli, qisman o‘rta gulli, shuningdek brak qo‘zilarda, flera, figura, kavkaz yupqa ikkinchi navli terilarda, xalqasimon va parmasimon gullar bilan aralashgan xolda uchraydi
Parmasimon gullar. Uzunroq jun tolimchalari mayda va o‘rta o‘lchamdagi ko‘p yoyli parmasimon jingalak xosil qiladi. Jingalaklarning o‘qi teri yuzasiga nisbatan tik joylashgan bo‘lib, uchida uncha katta bo‘lmagan xalqacha xosil qiladi. Parmasimon gullarning uchidagi xalqachasi teri yuzasiga nisbatan yotiq joylashgan bo‘lib, tolalalrning uchi ko‘pincha shu xalqachalar ichidan tashqariga chiqib turadi. Parmasimon gullani xosil qildgan jun tolalarida to‘rtta va undan ortiq egilgan yoyi bor. Parmasimon gullar ko‘pincha no‘xatsimon gullar bilan aralashgan xolda, qora terilarning flera navida, shuningdek, boshqa ranlardagi terilarining uchinchi navlarida uchraydi.
Aslzot qora rang qorako’l terilarning yuzasidagi qorako’l gullari uzunligi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- uzun gullar - uzunligi 40 mm dan oshiq;
- o’rta uzunlikdagi gullar – uzunligi 20 mm dan 40 mm gacha;
- kalta gullar – uzunligi 12 mm dan 20 mm gacha
Qora rang qorako’lning gullari kengligi yoki eni bo’yicha quyidagi o’lchamlarga bo’linadi:
tor, ensiz yoki mayda gul - 4 mm gacha;
o’rta o’lcham gul - 4 mm dan 8,0 mm gacha;
keng yoki yirik gul - 8 mm dan oshiq.
Aslzot qora rang qorako’l terilari sath o’lchamlari (sm2)