View menyu ostisi foydalanuvchi interfeysi parametrlarini sozlash
buyruqlaridan iborat;
Tools menyu ostisi
qurilmalarning qo„shimcha modelini yaratish
imkonini beruvchi buyruqlardan iborat;
Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni
ta‟minlash imkonini beradi;
Help menyu ostisi ma‟lumotnomaga murojaat qilish, o„quv materiallarni
ko„rish yoki Cisco Packet Tracer dasturining joriy versiyasini ko„rish
imkonini beruvchi buyruqlardan iborat.
Menyular satri ostida
yuqori uskinalar paneli joylashgan.
Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco
Packet Tracer dasturi bosh menyular satrining eng ko„p qo„llaniladigan
buyruqlaridan tashkil topgan
yorliqlardan iborat:
New – yangi model yaratish;
Open – modelni fayldam yuklash;
Save – modelni faylga saqlash;
Print – modelni printerdan chop qilish;
Activity Wizard – modelni
soddalashtirish bo„yicha ko„rsatma yaratish;
Copy – modelning belgilangan qismini buferga nusxalash;
Paste – buferdagi ma‟lumotni model oynasiga qo„yish;
Undo – modelga kiritilgan oxirgi o„zgartirishni bekor qilish;
Redo – Undo yordamida bekor qilingan o„zgartirishni tiklash;
Zoom In – tasvirni kattalashtirish;
Zoom Reset – tasvirning boshlang„ich o„lchamini tiklash;
Zoom Out – tasvirni kichraytirish;
Drawing Palette – modelning chizilgan elementlariga rang berish;
Custom Devices Dialog – qurilma modelining foydalanuvchi
interfeysini yaratuvchi dasdturni chaqirish;
Yuqori uskunalar panelining ikkinchi qatoridan quyidagi qurilmalar joy
olgan: