1-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:
Tarmoq simulyatorlari bilan ishlash. Cisco
Packet Tracer dasturini
sozlash va ishlash jarayonini tekshirish.
Ishning maqsadi:
Cisco Packet Tracer dasturining asosiy boshqarish
elementlarini o„rganish. Cisco Packet Tracer
dasturi yordamida tarmoq
qurilmalarini tanlash va ularni ulash bo„yicha amaliy ko„nikmalarga ega bo„lish.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
1.1 Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Cisco Packet Tracer dasturi
Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya
tarmoqlari va tarmoq
uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy
ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari,
ishchi
stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay
kabi tarmoq ulanishlaridan
tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot
uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos
bo'lishi mumkin.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Cisco Packet Tracer dasturi
yuklangandan so„ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo„ladi.
Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer),
kompyuter
tarmog„i modelini o„zida saqlovchi fayl nomini o„z ichiga olgan sarlavha qismi
joylashgan,
shuningdek, oyna o„lchamini o„zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi
yoki yopuvchi standart boshqarish tugmalari joylashgan.
3.1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi.
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo„limlarini o„z
ichiga olgan
bosh
menyular satri
joylashgan:
File
menyusi tarmoq topologiyasini tavsiflovchi faylni saqlash va ochish
buyruqlarini o„z ichiga oladi;
Edit
menyu ostisi ishchi maydondagi tasvirni
tahrirlash imkonini
beruvchi buyruqlarini o„z ichiga oladi;
Options
menyu ostisi ishchi maydon sozlamalari uchun xizmat qiladi;