1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu


 Ikki kompyuterdan iborat oddiy tarmoq



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix18.11.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#132946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Amaliy mashg\'ulot

1.1 Ikki kompyuterdan iborat oddiy tarmoq.
Eng soda lokal tarmoqni 
ikki kompyuterning Ehernet prtlarini kesishgan UTP kabeli yordamida to„g„ridan-
to„g„ri ulash orqali hosil qilish mumkin (1.14-rasm). Odatda bunday tarmoqlari 
vaqtinchalik yaratilib – bir kompyuterdan ikkinchisiga katta hajmli ma‟lumotlarni 
tezkorlik bilan uzatish maqsadida foydalaniladi. 
1.14-rasm. Ikki kompyuterni kesishgan kabel yordamida bog‘lash. 
1.1.1 Kompyuterlarni to‘gridan-to‘g‘ri ulash.
Ushbu topshiriqda sizdan 
tavsiflangan yo„llar bilan kompyuterlarni to„g„ridan to„g„ri bog„lab oddiy lokal 
tarmoq modelini qurish talab etiladi, masalan, 1.15-rasmda tasvirlangandek – 
shaxsiy kompyuter va server. 
Quyidagi amaliyotlarni bajaring: 
1.
Cisco Packet Tracer dasturini yuklang. 
2.
Tarmoqqa birlashtirish kerak bo„lgan qurilmalarni CPT ishchi sohasiga 
joylashtiring: 
2.1.
End Devices (oxirgi qurilmalar) guruhini sichqoncha chap tugmasi orqali 
tanlang. 
2.2.
End Devices guruhidan PC-PT (shaxsiy kompyuter namunasi) qurilasmini 
sichqoncha tugmasini chertish orqali tanlang. Sichqoncha kursorini ishchi 
sohaning qurilmani joylashtirmoqchi bo„lgan joyingizga o„rnating va yana 
sichqoncha chap tugmasini cherting. 


2.3.
End Devices guruhidan Server-PT (server namunasi) tanlang va uni ham 
ishchi sohaga joylashtiring 
3.
Ishchi maydonga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog„lang: 
3.1.
Connections (bog„lanish) guruhini tanlang. 
3.2.
Connections guruhidan Automatically Choose Connection Type (bog„lanish 
turini avtomatik tanlash) piktogramasini sichqoncha chap tugmasi orqali 
chertib, qurilmalarni 1.14-rasmda ko„rsatilgandek bog„lang, dastlab 
sichqoncha chap tugmasi orqali birinchisi, so„ng ikkichisi tanlanadi. 
4.
PC0 kompyuterini sozlang: 
4.1.
Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini kompyuter piktogrammasiga 
chertish orqali PC0 shaxsiy kompyuterini tanlang, shundan so„ng ekranda 
tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo„ladi. 
4.2.
Shaxsiy kompyuterda Ethernet-bog„lanish parametrlarini sozlash uchun 
Config bo„limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing. 
4.3.
FastEthernet bog„lanishi uchun Static punktiga belgi qo„yib, statik IP 
konfiguratsiyalarini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni 
belgilang (1.15-rasm). 
4.4.
PC0 shaxsiy kompyuter parametrlari oynasini yoping. 
1.15-rasm. PC0 kompyuterida FastEthernet interfeysi parametrlarini sozlash. 
1.
Server0 serverini sozlang: 
1.1.
Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini server piktogrammasiga chertish
orqali Server0 serverini tanlang, shundan so„ng ekranda tanlangan qurilma 
parametrlarini sozlash oynasi hosil bo„ladi. 
1.2.
Server0 oynasidan Config bo„limini tanlang va FastEthernet tugmasini 
bosing. 
1.3.
FastEthernet bog„lanishi uchun statik IP konfiguratsiyasini tanlang, 
192.168.1.2 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm). 
1.4.
Server0 oynasini yoping. 
2.
Qurilma parametrlari sozlamalari to„g„riligini nazorat qiling: 
2.1.
“Kattalashtiruvchi lupa” uskunasini tanlash uchun o„ng tomondagi uskunalar 
panelidan Inspect tugmasini bosing. 


2.2.
Lupani PC0 usiga olib boring vas hu holatda bir necha sekund ushlab turing. 
Shundan so„ng ekranda kompyuter IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil 
bo„ladi. 
2.3.
Lupani Server0 usiga olib boring va shu holatda bir necha sekund ushlab 
turing. Shundan so„ng ekranda server IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil 
bo„ladi. 
3.
O„ng tomondagi uskunalar panelidan Select tugmasini bosib, qurilmalarni 
tanlash rejimiga o„ting. 
4.
Bog„lanish kabellar oxiridagi indikator-nuqtalarning holatini tekshiring. Bu 
nuqtalar tarmoq adapterining yorug„lik diodlari ishini akslantiradi, agar 
kompyuter va server o„trasida bog„lanish o„rnatilgan bo„lsa ular yashil rangda 
bo„ladi. Agar kabel oxiridagi nuqtalar qizil rangda bo„lsa, demak bog„lanish 
mavjud emas va tarmoq adapterlari parametrlarining sozlamalari to„g„riligini 
tekshirish lozim bo„ladi. 
5.
Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini sichqoncha chap tugmasi 
yordamida tanlang. 
6.
Tarmoq holatini TCP/IP protokollari steki diagnostic utilitasi yordamida 
tekshiring. 
6.1.
PC0 oynasida Desktop bo„limiga o„ting. 
6.2.
Desktop bo„limidan Command Prompt tugmasini bosing. 
6.3.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin