tarmoq qurilmasi. Ma‟lumot uzatish tezligi10 va 100 Mbit/s bo„lgan
konsentratorlar ishlab chiqilgan.
Konsentrator OSI modelining fiziksathida ishlaydi va u bir portiga kelgan
signalni qolgan barcha aktiv portlarida takrorlaydi. Konsentratorlar har doim
yarim dupleks
rejimida ishlaydi.
Bir vaqtda ikki va undan ortiq portiga signal qabul qilinganida
kolliziya
yuzaga keladi va uzatilayotgan ma‟lumotlar kadrlari
yo‘qotiladi
. Ortiqcha sondagi
kollizayalardan himoyalash uchun konsentrator nosoz qurilma ulangan portini
umumiy ma‟lumot uzatish muhitidan ajratib qo„yadi.
Konsentratordan foydalanishda yuzaga keladigan boshqa bir muammo –
xabarlarni tutib olish xavfi: barcha paketlar hamma kompyuterlargacha yetib
boradi, shuning uchun axborotlarga ruxsat etilmagan kirish imkoniyati mavjud.
Va nihoyat, yana bir muammo paketlarni barcha portlarga nusxalanishi
tarmoqdagi yuklanishni yetarli darajda oshiradi, bunda tarmoq segmentidagi
barcha trafik har bir kompyuterga daxl qiladi.
Dostları ilə paylaş: