1 amaliy mashg‘ulot О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/4
tarix17.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#130522
  1   2   3   4
1 amaliy mashg‘ulot О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigi-fayllar.org


1 amaliy mashg‘ulot О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash

1 - amaliy mashg‘ulot

О‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash
Talaba va о‘quvchilarning о‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos kelavermaydi. О‘sish va rivojlanish tо‘lqinsimon boradi. Maktab о‘quvchisi, kollej, litsey talabalarining normal о‘sishi va rivojlanishi haqida kо‘pgina son va sifat kо‘rsatkichlarni aniqlab sо‘ng aniq xulosaga kelish mumkin.

Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish kо‘rsatkichlari orasida antropometrik kо‘rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy о‘rinni egallaydi. Somatometrik о‘lchamlarga bо‘yning balandligi,kо‘krak qafasi aylanasi, bosh aylanasi,vazn о‘lchovlari kiradi. Somotoskopiya (tashqi kuzatish). Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet, oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlari asosiy kо‘rsatkichlar hisoblanadi.Fiziometriya,bunda о‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka oldi muskullar kuchi о‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi kо‘p odamlarda о‘tkazilib, fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib boriladi. Bunday jadvallarda о‘rta ma’lumotlar keltirilgan.



Ish uchun zarur narsalar: Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qо‘l dinomometri, spirt, paxta.
Ishning borishi: Somatometriya
  1. Bо‘yning о‘lchami (sm). Bо‘yning balandligi, rostomer-bо‘y о‘lchash asbobi yordamida о‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bо‘y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi. О‘tirgan holda о‘lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga tegib turishi kerak. О‘tirgan holda odamning bо‘yi rostomerning о‘ng tomonidan о‘lchanadi.


  2. Kо‘krak qafasi aylanasi. Kо‘krak qafasining aylanasi uchta holatda - maksimal nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada о‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qо‘llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda kо‘krak aylanasi о‘lchanganda (sm) lenta kurakning pastki uchiga va kо‘krak bezini о‘rtasiga qо‘yiladi. Ayollarda kо‘krakning yuqori qismidan aylantirib о‘lchanadi.


  3. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib о‘lchanadi.


4. Vazn tibbiyot tarozisida о‘lchanadi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin