Somatoskopiya
Tashqi qoplam. Terining elastikligini bilish uchun bosh va kо‘rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qо‘yib yuboriladi.
Muskullar. Muskullarni ushlab kо‘rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish mumkin.
Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab kо‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak.
Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bо‘ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga tо‘g‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bо‘ladi.
Kо‘krak qafasi shakli. Uch xil kо‘krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-silindrik, 3-yassi.
Konussimon kо‘krak qafasi muskullari rivojlangan odamda bо‘ladi. Yassi kо‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik kо‘krak qafasi normal hisoblanadi.
6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, kо‘krak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv tizimiga bog‘liq bо‘ladi.
Normal qaddi-qomatda bosh tо‘g‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal egriliklarga ega, kо‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida bо‘ladi.
Fiziometriya
Yelka oldi muskullari kuchini о‘lchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi.Dinamometr oldin о‘ng qо‘lga olinib bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,sо‘ng chap qо‘l bilan ham bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 2-jadval bilan solishtiriladi.
2.О‘pkaning tiriklik sig‘imini о‘lchash.
Ishdan maqsad: о‘pkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va о‘pkaning tiriklik sig‘imini о‘lchash usulini о‘rganishdan iborat.
Odam normal nafas olganda, о‘pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qо‘shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda о‘pkaga kirgan havo miqdori о‘pkaning tiriklik sig‘imi deyiladi.
О‘pkaning tiriklik sig‘imi - nafas olish havosi, qо‘shimcha va rezerv havo yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bо‘lib, u о‘rtacha 3500 ml. ga teng. О‘pkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab о‘zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, о‘pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi о‘pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bо‘ladi. О‘pkaning tiriklik sig‘imini о‘lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan tuzilgan bо‘lib, uning kattasiga suv tо‘ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining о‘rtasiga temir naycha о‘rnatilgan bо‘lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz kо‘tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga kо‘tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |