Ishni bajarish tartibi. О‘pkaning tiriklik sig‘imini о‘lchash uchun spirometr strelkasini nolga tо‘g‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, о‘pkadan chiqarilgan havoning о‘rtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml.ni kо‘rsatsa, u vaqtda о‘rtacha nafas chiqarish havosining miqdori 3000:6=500 ml.ga teng bо‘ladi.
Qо‘shimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga kо‘tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga tо‘g‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam rо‘parasida tо‘xtaydi. Shu yо‘l bilan о‘pkaga qancha qо‘shimcha havo kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml.ni, nafas olingandan keyin 1500 ml.ni kо‘rsatsa, bu vaqtda о‘pkaga kirgan havo miqdori 3000-1500=1500 ml.ga teng bо‘ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qо‘yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka kо‘rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qо‘shimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, о‘pkaning tiriklik sig‘imi topiladi.
О‘pkaning tiriklik sig‘imini о‘lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi tо‘xtagan joydagi raqam о‘pkaning tiriklik sig‘imini ifodalaydi. О‘pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, sо‘ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan haltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu halta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda haltadagi vodorodning bir qismi о‘pkaga о‘tadi, shu vodorod miqdori о‘pkadagi qoldiq havo miqdorini kо‘rsatadi. Masalan, haltada 4000 ml vodorod bо‘lsin. Bu haltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi о‘zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo о‘pkadan haltaga chiqariladi. Bunda faqat haltadagi havoning tarkibi о‘zgaradi. Agar haltada 3000 ml vodorod va о‘pkadan kirgan 1000 ml havo bо‘lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml о‘pka havosi tо‘g‘ri keladi. Bunday vaqtda о‘pkaga о‘tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo tо‘g‘ri keladi. Shunday qilib, о‘pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |