1-amaliy mashg‘ulot. Sanoq sistemalari asoslarini amaliy o‘rganish Ishdan maqsad: Talabalarga joriy mavzuga oid bilimlarni berish hamda sanoq sistemalarida misollar ishlashni va komyuter qurilmalari ishlash prinsplari sanoq sistemasiga asoslangaligi haqida umumiy ma’lumotlar berish .
Topshiriq: Joriy mavzuga oid bilimlarni shu ko‘rsatmaga asosan mustahkamlash, misollar yechish va o‘z xulosa va bilimlarini namoyon etish, hamda hisobotlar tuzishdan iborat.
Nazariy qism: Sanoq sistemalari haqida umumiy tushuncha berish va ikkilik sanoq sistemasi, sakkizlik sanoq sitemasi, o‘nlik sanoq sistemasi va o‘n oltilik sanoq sistemasi yuzasidan misollar ishlash va bir sanoq sitemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tish bo‘yicha jadval tuzish bo‘yicha bilim ko‘nikmlarni hosil qilish.
Sanoq sistemasi haqida tushuncha. Sanoq sistemasi — bu, sonlarni belgilangan miqdoriy qiymatga еga bo‘lgan belgilar asosida nomlash va tasvirlash usulidir. Sonlarni tasvirlash usuliga bog’liq ravishda sanoq sistema pozitsion va nopozitsion bo‘ladi.
Pozitsion sanoq sistemasida har bir raqamning miqdoriy qiymati uning sondagi joyiga (pozitsiyasiga) bog’liq bo‘ladi. Quyidagi jadvalda pozitsion sanoq sistemaga misollar keltirilgan( 1-rasm):
1-rasm
Sonning pozitsion sanoq sistemasida tasvirlash uchun ishlatiladigan turli raqamlar miqdori (N) sanoq sistemasini asosi deyiladi. Raqamlar qiymati 0 dan N-1 gacha oraliqda yotadi. Umumiy holda ixtiyoriy sonni N asosli sanoq sistemasida yozish quyidagi yig’indi ko‘rinishiga еga:
AnAn-1An-2 … A1A0,A-1A-2 =
АnВn + An-1Bn-1 + ... + A1B1 + А0В0 + A-1B-1 + А-2В-2 + ... (1)
bu erda, pastki indekslar raqamning sondagi joylashgan joyini (razryadini) aniqlaydi:
B — sanoq sistemasi asosi;
n — raqamlarni pozitsiyasi(o‘rni);
An , An-1, An-2 … A1, A0, A-1, A-2 — berilgan sonni raqamlari;
indekslarning musbat qiymatlari — sonning butun qismi uchun;
manfiy qiymatlar — kasr qism uchun;
Misol: 23,4310=2*101+3*100+4*10-1+3*10-2