1-amaliy mashg’ulot. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish. 2-soat Reja: Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi mazmuni.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning maqsadi va vazifalari.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’quvchilar faoliyatidagi o’rni.
O`quv mashg`ulotining maqsad: Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish haqida ma`lumot berish.
O`quv faoliyatining natijalari: Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish haqida umumiy tushunchalarga ega bo`ladilar va uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi mazmuni bilan tanishadilar.
1-topshiriq. Mavzu yuzasidan blits savollar: Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasidagi to’rt bosqich mohiyatini tushuntiring.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar haqida sizning fikringiz.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda qanday shakllardan foydalaniladi.
2-topshiriq. Guruhlarga topshiriqlar: Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasidagi ushbu davrlarni tahlil qilib bering.
1-guruh. Oilalarda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimi o’z ichiga ikki davrni qamrab oladi:
birinchi davrda — hududlardagi oilaviy poliklinikalarda, mahallalardagi homilador ayollar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy, tibbiy, psixologik yordam ishlari tizimli tashkil qilinadi. Yosh ota-onalar bola parvarishi va tarbiyasiga tayyorlanadi;
2-guruh. ikkinchi davrda — bola tug’ilganidan 3 yoshgacha bo’lgan davr orasida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar metodikasi ishlab chiqilib, hayotga tatbiq qilinadi.
3-topshiriq. Mustahkamlash bosqichi: Sinfdan tashqari olib boriladigan 1-soatlik tarbiyaviy ish texnologiyasini ishlab chiqing?