Kerakli jihozlar: Mikroskop, piyoz, buyum va qoplag’ich oynalar, chyotka, suv, nina, lantset, pintset, yod.
Umumiy tushunchalar. O’simliklar mikroskopik tuzilishiga ega bo’lgan hujayralardan tashkil topgan. hujayra o’zaro bog’langan sitoplazma va yadrodan iborat. O’simlik to’qimalari tirik va o’lik, bir yoki ko’p hujayralardan tashkil topgan. har bir hujayra nafas oladi, oziqlanadi, o’sadi, bo’linib ko’payadi. Gulli o’simliklardagi ayrim hujayralarning kattaligi 10-60 mmgacha boradi (paxta tolasi), olma, tarvuz, mandarin, pomidor, hujayralari ham yirik bo’ladi. O’simlik hujayrasi o’z ichidagi suyuqlikni o’rab olgan po’stga ko’ra ma'lum shaklda bo’ladi. Tirik hujayra ichida odatda protoplazmadan iborat protoplast hamda yadro bo’ladi. Protoplazma shilliq qumoq modda bo’lib, sitoplazma ham deb ataladi. Protoplazma va yadro hujayraning tirik qismidir. Hujayra o’sgan kattalashgan sari uning protoplazmasida bo’shliq vakuolalar paydo bo’ladi. Vakuolalarda hujayra shirasi bo’ladi.Hujayralar ba'zan bo’yiga cho’ziq, ya'ni bo’yi enidan bir necha marta uzun bo’ladi. Bunday hujayralarni prozenximatik shakldagi hujayralar deb ataladi. Masalan paxta tolasining hujayrasining uzunligi bir necha mkm etadi. Ba'zan o’simlik hujayralari shakli yumoloq, yulduzsimon, ko’p qirrali va boshqa shaklda bo’ladi. Bo’yi eniga teng o’sgan hujayralarni esa parenximatik hujayra deb ataladi.