1-Amaliy mashg’ulot



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə6/8
tarix31.12.2021
ölçüsü0,9 Mb.
#113129
1   2   3   4   5   6   7   8
1 amaliy bot

Umumiy tushunchalar: O’simliklarda hujayra har tomonga qarab bo’linishi mumkin, buning natijasida yaxlit hujayralar to’dasi hosil bo’ladi.

To’qima deb kelib chiqishi, tuzilishi va bajaradigan vazifasiga ko’ra o’xshash hujayralarning yig’indisi to’qima deyiladi. O’simlik to’qimasining bir necha turi bor. Yosh -embrional hujayralar meristema deb ham ataladi. Meristema hujayralari bir-biriga o’hshash hujayralardan tuzilgan va bo’linib hujayralar hosil etadi. Bu hujayralar asta-sekin o’zgaradi,har-xil tuzilish va shaklda bo’lgan doimiy to’qimalarni hosil etadi. Masalan, ovqatlanishda xizmat qiladigan to’qimalar gruppasiga assimilyatsion, shimuvchi, o’tkazuvchi, zapas ovqat to’plovchi to’qimalar kiradi. Himoya qiluvchi to’qimalarga esa mexanik va qoplag’ich to’qimalar kiradi. Bu doimiy to’qimalar meristemadan hosil bo’lgan. Shu sababli to’qimalarni meristimadan boshlab o’rganish maqsadga muvofiq. Ular o’simlik poya va ildizlarining uchki qismida joylashgan bo’lib, organlarning uchidan o’sishi va eniga kengayishiga yordam beradi.

Yuksak o’simliklarning to’qimalari ularni hosil qilgan hujayralarning shakli, kelib chiqish va funktsiyasi jihatidan ham juda xilma-xildir. To’qimalar hujayralarning shakliga ko’ra bir- biridan farq qiladigan ikki guruhga: parenximatik va prozenxi--matik to’qimalarga bo’linadi. To’qimalar kelib chiqishiga ko’ra embrional- hosil qiluvchi va doimiy to’qimalarga ajratiladi. Ildiz uchi yoki poyaning o’suvchi nuqtasi ko’ndalangiga kesib mikroskop ostida qaralsa, yadrosi yirik tez-tez bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan bir xil hujayralar guruhini ko’rish mumkin. Tez bo’linuvchi hujayralarning bu guruhi hosil qiluvchi to’qimalar hisoblanadi (meristema).

Hosil qiluvchi to’qimalar kelib chiqishiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi, o’simlikda joylashish o’rniga ko’ra esa to’rtta: apikal, interkalyar, yon meristema va yara meristemalariga bo’linadi.



  1. Birlamchi meristema yoki hosil qiluvchi to’qima hujayralari bir xil, parenximali, yirik yadroli protoplazma bilan to’lgan yupqa po’stli hujayralararo bo’shliqsiz bo’ladi. Bu hujayra kuchli ravishda bo’linish qobiliyatiga ega. Birlamchi meristemadan boshqa hamma to’qimalarning boshlang’ichi vujudga keladi. Ikki pallali o’simliklarning poya va ildizlaridagi kambiy to’qimasi poyaning yo’g’onlashishiga xizmat qiladi. Hujayralarning kuchli ravishda bolinish qobilyati umr bo’yi saqlanadi.Ikkilamchi miristemaga bog’lamlar va po’kak kambiysi yoki fellogen kiradi. Bo?g’amlardagi kambiy o’simlik organlarining eniga – o’sishini ta'minlaydi. Fellogen ikkilamchi qoplovchi to’qima peridermani hosil qiladi.

2.Uchki apikal meristema vegetativ novda va gul hosil qiluvchi hamda ildiz uchki meristemalariga bo’linadi.Yon meristemalarga ildiz va poya markaziy silindrining atrofida joylashgan peretsikl, prokambiy va kambiylar kiradi.

3.Interkalyar meristemalar poya bo’g’in oraliqlarida, hamda bargda hosil bo’ladi. Interkalyar meristemalarning o’sishi hisobiga bo’g’im oralig’i uzayadi.

4.Yara meristemasi o’simliklarning biror qismi zararlansa, shu erda bu meristema hosil bo’ladi. Yara meristemasi parenxima to’qimalarining tirik hujayralaridan hosil bo’ladi.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin