5-rasm. Elodeya suv o’tining uchki kurtagi
A-uzunasiga kesimi, B-o’sish konusi, V-birlamchi meristemaning hujayralari, G endigina -shakllangan barg hujayrasi. 1-o’sish konusi, 2-boshlang’ich barg, 3- barg qo’ltig’idagi yangi hosil bo’ladigan do’ngcha-kurtak.
Topshiriq:
1.Mikroskopda tayyor preparatda novdaning uch qismida joylashgan o’sish konusi va meristemaning farqli belgilari bilan tanishing.
2.Tirik elodeya o’simligining novdasi uchida joylashgan kurtakda o’sish nuqtasini igna yordamida ustki yopg’ich bargchalaridan ajratib, mikroskopda kuzating.
3.Tayyor preparatda bug’doy novdasining uchidan joy olgan o’sish konusida mavjud prokambial to’qimalarga e'tibor bering.
4.Kuzatilgan elodeya va bug’doyning o’sish konusi va unda mavjud meristema hujayralari rasmini chizing va tavsifni batafsil yozing.
Nazorat savollari:
1.Hosil qiluvchi to’qimalarning qanday turlarini bilasiz?
2.Meristema to’qimasining xarakterli xususiyati nimada?
3.Birlamchi meristema ikkilamchi meristemadan nima bilan farq qiladi?
4.O’simliklarning yo’g’onlashuvi qanday hosil qiluvchi to’qimalar bilan bog’liq
5.Meristema hujayralari bilan bargning ixtisoslashgan hujayralari orasida qanday farq bor?
Dostları ilə paylaş: |