1-Amaliy mashg’ulot



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə7/8
tarix31.12.2021
ölçüsü0,9 Mb.
#113129
1   2   3   4   5   6   7   8
1 amaliy bot

Ishning borishi: Birlamchi meristemani elodeya (Elodea canadensis) deb nomlanadigan suvda o’sadigan o’simlik novdasining uchida joylashgan o’sish konusida kuzatiladi. Buning uchun gemotaksimin bilan bo’yalgan tayyor preparatdan foydalangan ma'qul. Kichik ob'ektivda qaralganda kesmaning markaziy qismida kattalashgan uchi aylana shakldagi kurtakning o’sish konusi ko’riladi. E'tibor bilan qaralsa, gumbazga o’xshash o’sish konusi va uning atrofida d’'ngliklar pastdan yuqori tomon kichrayib borgani kuzatiladi. Bular kurtakda yangi hosil bo’layotgan boshlang’ich barglar. Yuqoridan pastga tomon ularning xajmi kattalashib borib, eng pastdagilari o’sish konusini o’rab turuvchi barglarga aylangan. Barg qo’ltig’ida bittadan do’ngcha (qabariq) mavjud bo’lib, vaqt o’tishi bilan undan kurtak shakllanadi. Kuzatish davomida mikroskopda ko’ringan kurtakni, unda mavjud o’sish konusi va uning ichida mavjud do’ngliklarni rasmi chiziladi, tavsifi batafsil yoziladi. Keyin kattalashtirib ko’rsatadigan ob'ektivda o’sish konusi kuzatiladi. Uning markazida joylashgan ancha katta, qoramtir rangdagi hujayra yadrolari ko’rinadi. Hujayra po’sti nihoyatda yupqa va tiniq, quyuq, sitoplazma esa bo’yoq ta'sirida biroz qorayganligi tufayli tiniq ko’rinmaydi. Agar preparatni yon tomonga siljitilsa, o’sish konusidan uzoqlashgan sari uning yorug’lashib borishi, hujayra maqsuli aniq ko’rina boshlashi va hujayra hajmi kattalasha borishi kuzatiladi. Hujayra po’sti esa aniq ko’rinadi. Yadroning hajmi o’zgarmaydi. Shu sababli yadro kattalashgan hujayraning juda oz qismini egallaydi.

Ixtisoslashgan hujayralarda bunday o’zgarish o’sish konusini o’rab turuvchi barglarda aniq ko’rinadi. Kuzatish oxirida taqqoslash uchun o’sish konusining ikki-uchta hujayrasini va o’sish konusi yonida hosil bo’layotgan bargdagi ixtisoslashgan hujayralarni rasmi chiziladi, ularning tavsifi yoziladi (5- rasm).



A


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin