Grid lines (chiziqlar sektasi) – o‘q bo‘yicha yordamchi chiziqlarni o‘rnatish;
Numbered (nomerlangan)- o‘qni nomerlash;
Autoscale (avtomashtab)- o‘qni avtomashtablash;
Show markers markerlashni ko‘rsatish - o‘q bo‘yicha metkalarni ko‘rsatish rejimini o‘rnatish;
Avto grid (avtosetka)- o‘q bo‘yicha avtosetkani o‘rnatish;
Number of grids (setka o‘lchami)- o‘q bo‘yicha setka o‘lchamini o‘rnatish;
Equal scales (teng masshtab)- o‘q bo‘yicha teng masshtablarni o‘rnatish;
Formatting currently selected X-Y Plotdialog darchasi, shuningdek bir qator grafik o‘qlari tasviri sirtini tanlash o‘zgartirgichlarni o‘z ichiga oladi:
Crossed (o‘qlar bilan)- grafikni ramkasiz va o‘qlar bilan chiqaradi;
None (xech narsa)- grafikni ramkasiz va o‘qlarsiz chiqaradi.
Grafikni xujjat ishchi maydoni bo‘yicha harakatlantirish mumkin. Buning uchun, sichqoncha chap tugmasini bosish orqali, grafikni belgilab olish kerak. Natijada, grafikni to‘liq qoplagan ramka xosil bo‘ladi. Shundan so‘ng, sichqoncha ko‘rsatkichini ramkaga to‘g’rilang, qachon barmoqcha tasviri kaft paydo bo‘lsa, sichqoncha chap tugmasini bosing va uni ushlab turgan xolda sichqoncha bilan grafikni xam harakatlantiring.
Shuningdek, sichqoncha ko‘rsatkichini grafik yaqiniga keltirib va chap tugmani bosgan xolda diagonal bo‘yicha grafik tomon sichqonchani harakatlantirish mumkin. Kursor, punktir chiziqlaridan iborat to‘g’ri to‘rt burchak xolidagi belgilanish soxani ko‘rsata boshlaydi. qachonki ana shu soha grafikni to‘la qoplasa va u punktir xolidagi to‘g’ri to‘rt burchak bilan egallansagina sichqoncha tugmasini qo‘yib yuborish kerak. Grafik belgilanadi, faqat punktir ramka bilan. So‘ngra grafik kursorni, grafik soxani belgilovchi, ramkaga keltiradi. Shunda kursor tasviri o‘zgaradi va u kichkina qizil krestcha o‘rniga barmoq tasviri kaftga aylanadi. Endi sichqoncha chap tugmasini bosib turib xarakatlantirsak, u xolda grafik shabloni to‘laligicha oyna bo‘yicha harakatlanadi. Uni kerakli joyga o‘rnatib, sichqoncha tugmasini qo‘yib yuboring. Grafik yangi joyda paydo bo‘ladi.
Rasm o‘lchamlarini o‘zgartirish uchun grafik kursorini ramkadagi maxsus metkaga aniqlik bilan keltirilishi kerak. Bu metkalar kichkina qora to‘rt burchaklar ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu xolda kursor tasviri, qaysi yo‘nalishda grafik o‘lchamini o‘zgartirishni ko‘rsatuvchi, ikki tomonlama strelkaga almashtiriladi. Sichqoncha chap tugmasini bosish orqali mos tomonini yoki rasim shabloni burchagini egallash va tugmani qo‘yib yubormagan xolda shablon ramkasini cho‘zish yoki siqish mumkin. Tugmacha qo‘yib yuborilgach, rasim yangi o‘lchamlarga almashadi. Grafik o‘lchamlarini vertikal, gorizontal va diagonal yo‘nalishlarda o‘zgartirilishi mumkin.
Grafikni istalgan belgilash ko‘rinishida F3 tugmani bosish orqali grafikni ma’lumotlarni almashtirish buferiga yuboradi. Kursorni yangi joyga surib va F4 tugmani bosib grafikni o‘sha joyga o‘rnatish mumkin.