1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha



Yüklə 69,5 Kb.
tarix31.07.2023
ölçüsü69,5 Kb.
#128622
Абдреймов Зафар


Reja:

1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha

2. Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar

3. Arxivshunoslik fani, uning predmeti va vazifalari

Muammoli savol: Arxivlar qachon va nima sababdan paydo bo’ldi?
Arxivlar haqidaumumiy tushuncha
Insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida xo’jalik va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishiga hamda davlatchilikning vujudga kelishiga olib keldi. Deyarli bir vaqtda ijtimoiy zarurat tufayli yozuv ham paydo bo’ldi. Qadimiy davlatlar o’zlarining ijtimoiy funksiyalarini bajarish jarayonida turli hujjatlar (qonunlar, farmonlar, mulk va soliq hisobotlari va h.) yaratish hamda ularni saqlashga ehtiyoj sezdilar. Shu tariqa hujjatlarni saqlaydigan muassasalar – arxivlar paydo bo’ldi.
“Arxiv” atamasi lotincha “arxivum” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tilida “mahkama”, “muassasa” degan ma’noni bildiradi. Lekin bu so’z hozirgi kunda boshqacha ma’noda qo’llaniladi. Arxiv deganda biz odatda faqat hujjatlar saqlanadigan muassasani tushunamiz.
Arxivlarning vujudga kelishiva rivojlanish tarixiga bir nazar
Arxivlarda turli idoralar, korxonalar, tashkilotlar, shu-ningdek ayrim shaxslar faoliyati jarayonida yaratilgan va to’plangan hujjatlar va materiallar saqlanadi.Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, arxivlar qadimgi zamonlarda, yozuv paydo bo’lishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Mesopotamiya, Misr va Kichik Osiyoda ibodatxonalar va quldorlar saroylarida dastlabki arxivlar mavjud bo’lganligi aniqlandi. Bu arxivlarda o’sha davrdagi qonunlar matni, sud hujjatlari, podsholarning farmoyishlari va boshqa hujjatlar saqlanar edi. Mazkur hujjatlar sopol lavhlarga, randalangan taxtachalarga, papirus va oshlangan charm (pergament) ga bitilgan.
Qadimgi Yunonistonning Knoss shahri xarobalarida (Krit oroli) yirik arxivning qoldiqlari topildi. Antik davrda Afina shahridagi arxivlar, ayniqsa, Metroon ibodatxonasi qoshidagi arxiv dong taratgan edi.
Qadimgi Rimda arxivlar dastlab kohinlar tasarrufida bo’lgan. Rimdagi eng qadimiy arxiv Senat arxivi bo’lib, bu hujjatgoh Saturn ibodatxonasida joylashgan edi. Mazkur arxivda senat va respublika mahkamalarining hujjatlari, senzorlarning aholini ro’yxatga olishi bilan bog’liq materiallar va boshqa muhim hujjatlar saqlanardi. Rim saltanati davrida esa yozma hujjatlar saqlanadigan arxiv imperatorlar saroyida joylashtirildi. G’arbiy Rim saltanitining halokatidan so’ng Rim imperatorlari arxivining davomchisi Vizantiya arxivi bo’ldi.Ilk o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada qirollar, yirik feodallar va monastirlarning arxivlari vujudga keldi. Ularning orasida eng yirigi V asarda tashkil etilgan Vatikan arxivi hisoblanadi. Vatikan arxivi hozirgi kunda ham mavjud bo’lib, bu yerda Yevropaning o’rta asrlar tarixini o’rganish uchun zarur bo’lgan nodir va qimmatli hujjatlar majmuasi saqlanmoqda.

Yevropada markazlashgan davlatlarning tashkil topishi va rivojlanishi natijasida mayda arxivlarning yiriklashish jarayoni kuzatiladi. Qirollar arxivlari bo’ysundirilgan feodallarning arxivlari hisobiga kengayib bordi. Qirollar arxivlari g’oyat maxfiy tarzda saqlanar edi. Yevropada qirolik hokimiyatining kuchayishi va umumdavlat boshqaruv muassasalarining shakllanib borishi natijasida muassasa arxivlari paydo bo’ldi. Muassasa arxivlarining faoliyati o’zaro bog’lanmaganligi oqibatida hujjatlar nihoyatda tarqoq holda saqlanar edi.


XVIII-XIX asrlardagi burjua inqiloblari arxiv ishlarida tub o’zgarishlarga olib keldi. Burjuaziya qator mamlakatlarda arxiv ishlarini markazlashtirdi. Arxivlarni boshqarish uchun maxsus muassasalar ta’sis etildi. Masalan, 1794 yilda Fransiyada Konvent maxsus dekret qabul qilib, markaziy davlat arxivini tashkil etdi. Mazkur arxivga umumdavlat boshqaruv organlarining hujjatlarini topshirish shart etib qo’yildi. Joylardagi davlat organlari hujjatlari departamentlar arxivlariga topshirilishi shart edi. Fransiyada arxiv ishi sohasidagi bu islohot qator boshqa davlatlar uchun namuna bo’ldi. Ular ham Fransiya singari davlat arxiv tizimini yaratdilar. Lekin Angliya va AQSh singari mamlakatlarda o’sha vaqtda ham, hozir ham yagona davlat arxiv tizimi barpo qilinmadi. Bu yerdagi markaziy, viloyat va shahar arxivlarining har biri mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatib kelmoqda.XIX asrda qator Yevropa mamlakatlari va AQShda arxivlarining eshiklari tadqiqotlar uchun ochildi. Natijada arxiv hujjatlaridan ilmiy maqsadlarda foydalanish va ularni nashr etish imkoniyati paydo bo’ldi. Ko’p mamlakatlarda maxsus arxivshunos kadrlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi. 1821 yilda Fransiyada ilk arxiv instituti – Xartiyalar maktabi ochildi.
Hozirgi kunda jahonnning barcha mamlakatlarida minglab arxivlar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularning orasida har bir davlatning markaziy (yoki milliy) arxivlari o’zlarining noyob hujjatlarga boyligi bilan ajralib turadi. Londondagi Davlat arxivi, Parijdagi Milliy arxiv, Rimdagi Markaziy davlat arxivi, Koblens shahridagi Federal Arxiv (GFR), Vashingtondagi Milliy arxiv, Moskvadagi Rossiya Markaziy davlat arxivi, Dehlidagi Milliy arxiv, Qohiradagi Markaziy davlat arxivi jahondagi eng yirik arxivlar qatoriga kiradi.
O’zbekiston arxivlari jahondagi eng yirik arxivlar bilan yaqindan aloqa o’rnatganlar. Masalan, 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi AQShning Xolokast yodgorligi kengashi va uning Vashingtondagi muzeyi o’rtasida arxiv sohasi bo’yicha bitim imzolandi.
Muammoli savol: Arxivshunoslik fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Hozirgi kunda arxivlar butun jahon miqyosida o’z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, hamkorlik qilmoqdalar. 1948 yilda YuNESKO qoshida Xalqaro Arxiv Kengashi tashkil etildi. O’zbekiston arxiv muassasalari ham mazkur xalqaro tashkilotning a’zosidir. Xalqaro Arxiv Kengashi turli davlatlar arxivlari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish, hujjatlarni saqlash va ularni himoya qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Bu xalqaro tashkilot 1981 yildan boshlab “Archivum” nomli jurnal nashr etmoqda. Parijda arxivshunoslarning xalqaro kursi faoliyat ko’rsatmoqda.

Arxivshunoslik fani, uning maqsad va vazifala


Yangi zamonda arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar sonining keskin oshganligi tufayli ularni saqlash va foydalanish bilan bog’liq ishlar tobora murakkablashib bordi. Natijada, hujjatlarni hisobga olish, ularni bir tizimga solish va ro’yxatga olishning yangi-yangi usullari ishlab chiqildi va amalda qo’llanildi. Shu tariqa arxivshunoslik fani paydo bo’ldi.
Arxivshunoslik – muhim ijtimoiy ahamiyatga hujjat va materiallarni turkumlash, ularni bir tizimga solish, saqlash, ulardan ilmiy va amaliy maqsadlarda foydalanish to’g’risidagi fandir. Mazkur ko’makchi tarix fani arxiv ishining umumiy qonuniyatlarini, hujjat va materiallarni tanlab olish va saqlash, ulardan foydalanish tamoyillarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda hujjat va materiallarning umumiy miqdori va turlar7i nihoyatda ko’pdir. Shuning uchun ham arxivshunoslik fanini rivojlantirmasdan, hujjatlarni saralash va saqlashning zamonaviy usullarini egallamasdan turib arxiv ishini to’g’ri yo’lga qo’yish amri maholdir.
Arxivshunoslik asoslarini yaxshi bilish bo’lajak tarixchi uchun g’oyat muhimdir. Arxiv hujjatlari bilan ishlash uslublarini egallash ilmiy-tadqiqotlar uchun yo’l ochib beradi, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan talabalarga yuqori ilmiy saviyadagi bitiruv-malakaviy ishlar va magistrlik dissertasiyasi tayyorlash imkonini beradi.Mazkur fanni o’rganish arxivshunos kadrlar tayyorlash nuqtai nazaridan ham zarur. Hozirgi kunda ayrim kasb-hunar kollejlarida “Hujjatshunoslik, arxivshunoslik” mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlashga kirishildi. Lekin respublikamizning birorta universitet yoki institutida oliy ma’lumotli arxivshunoslar tayyorlanmaydi. Shu boisdan bu fanni tarix fakulpteti talabalariga o’rgatish arxivlarni oliy malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ham muhimdir.
Arxivshunoslik kursini o’rganish jarayonida biz O’zbekistonda arxiv muassasalarining vujudga kelishi, ularning rivojlanish bosqichlari, arxivlarning hozirgi ahvoli, faoliyatining asosiy yo’nalishlari bilan tanishib boramiz. Shu bilan birga arxivlarning maqsad va vazifalari, arxivlarga topshiriladigan hujjatlarni tanlash va saralash, ularni saqlash va turkumlash, hisobga olish, ulardan foydalanish usullarini o’rganamiz.Arxivshunoslik deganda odatda «Arxiv ishi haqidagi fan», «Arxivlar haqidagi fan» yokiqisqa qilib aytganda Arxiv nazariyasi» tushuniladi. Lekin bu yuzaki tasavvur bo‘lib, hozirgi kundashu bilan kifoyalanib bo‘lmaydi - Shunday ekan Arxivshunoslik tushunchasining hal qiluvchianiqlovchi belgisi va formulirovkasini aniqlash vazifasi paydo bo‘ladi. yagona va hamma tanoladigan ilmiy ta’rif hozircha mavjud emas, bunday murakkablik faqat Arxivshunoslikka xos
Bo‘lmasdan, yangi paydo bo‘lgan ko‘plab fanlarda mavjud.Arxivshunoslik (kamida XVI asrdan boshlab) tajribalarni umumlashtirish va materiallarni

tizimlashtirishning uzoq yo‘li orqali o‘zining nazariy tizimini, uslubini va fanlar ichidagi o‘zining


O‘rnini aniqlay boshladi. Lekin faqat keyingi o‘n yilliklarda asosiy tushunchalarning shakllanishi,
fanning umumiy nazariy elementlari yaratildi .Arxivshunoslikning rivojlanishini belgilab berdi.
Arxivshunoslikka oid adabiyotlarda ilmiy fan bo‘lgan. Arxivshunoslik bir xilda tadqiq
qilinmaydi. Ko‘plab mamlakatlarda Arxivshunoslikka mustaqil fan sifatida qaraladi, lekin uning
xarakterli belgilarini aniqlashda ayrim tafovutlar, kelishmovchiliklar mavjud.
Bundan tashqari ayrim mamlakatlardagi olimlar Arxivshunoslikning maxsus fan sifatida
shakllanishi mumkinligini butunlay rad qilishadi. Shularga qaramasdan hozirgi kunda
Arxivshunoslik Arxivlarning Xalqaro Kengashi (IKOM) tomonidan to‘la tan olindi. Shunday
qilib, Arxivshunoslikka ta’rif beradigan bo‘lsak, Arxivshunoslik — bu ijtimoiy fan bo‘lib, sotsial
informatsiyalarni to‘plash, saqlash jarayonlarini, bilimlarni va hissiyotni bilish va Arxiv
predmetlari orqali yyetkazib berishi, Arxiv ishini, ijtimoiy institut sifatida Arxivni, uning sotsial
funksiyalarini va turli ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarda ularning amalga oshirish formalarini
O‘rganadi.
Lekin o‘rganishning predmeti, o‘rganishning obyyektidan farq qilib, doimo o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak va ana shu o‘ziga xoslik mustaqil ilmiy fanning muhim belgisi hisoblanadi.Arxivshunoslikning predmetini quyidagicha belgilash mumkin: Arxivshunoslikning
predmeti— sotsial axborotlarni to‘plash va saqlash jarayonlarini, bilimlarni, an’analarni,
tasavvurlarni va hissiyotini anglash va Arxiv predmetlari orqali yyetkazib berishning, Arxivning,
Arxiv ishining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va ijtimoiy doirasini o‘rganishdan iboratdir.
Endi Arxiv predmeti tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Bu masalaga olimlar XVII
asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishgan.
I. D.Mayorning urinishlari bunga misol bo‘la oladi. U Arxivda sakalanadigan predmetlarga
real, to‘la, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan.
XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, Arxivlarda saqlanayotgan
predmetlarga ko‘proq turli fanlarning manbalari sifatida san’at asarlari, tabiat parchalari sifatida
qarala boshlandi, bularning barchasini umumlashtiruvchi «kolleksion predmet» degan
tushuncha paydo bo‘ldi.
Hozirgi paytda Arxiv predmeti deganda asl nusxadagi hujjat ahamiyatiga ega bo‘lgan va
Arxiv sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi yoki tabiat hayoti tushuniladi.
Hozirgacha fan to‘plagan ma’lumotlarga asoslanib Arxiv predmeti—bu real voqelikdan
ajratib olingan, Arxiv ahamiyatiga ega bo‘lgan, Arxiv to‘plamiga kiritilgan va uzoq vaqt saqlanishi

mumkin bo‘lgan predmetdir. U ijtimoiy yoki tabiiy— ilmiy axborotlarni tashuvchi — bilimlar va


ruhiy kechinmalarning asl manbai, madaniy—tarixiy boylik — milliy mulkning bir bo‘lagi
hisoblanadi,
Aytilganlardan xulosa qilib Arxivga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Arxiv — bu sotsial
axborotlarni tarixan o‘zaro bog‘lovchi ko‘p funksiyali institut bo‘lib, madaniy — tarixiy va tabiiy
— ilmiy boyliklarni saqlashga, axborotlarni to‘plashga va Arxiv predmetlari orqali tarqatishga
Mo‘ljallangandir. Arxiv turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi,
Arxiv predmetlarining kolleksiyasini to‘ldiradi, saqlaydi, o‘rganadi, shuningdek ulardan ilmiy,
Ma’rifiy—tarbiyaviy va tashviqotchilik maqsadlarida foydalaniladi.
Arxivshunoslikda qo‘llaniladigan uslublar:
1. Arxiv predmetlarini tadqiq qilishda, Arxiv kommunikatsiyasini amalga oshirishda
ijtimoiy va tabiiy fanlarning har xil uslublari qo‘llaniladi, jumladan, maxsus va yordamchi tarix
fanlarining, san’atshunoslik va adabiyotshunoslikning uslublari keng qo‘llaniladi. Arxiv
ekspozitsiyasini va ko‘rgazmasini tayyorlashda, Arxivga keluvchilarni o‘rganishda va turli
formadagi ta’lim — tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishda pedagogika va psixologiyaning
uslublaridan ham foydalaniladi. Arxiv predmetlarini restavratsiya va konservatsiya qilishda tabiiy
fanlarning uslublari — rentgenografiya, spektografiya va boshqa uslublar qo‘llaniladi.
2. Ko‘plab tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud bo‘lgan dala tadqiqotlari uslubidan
foydalaniladi. Bu uslub mavjud bo‘lgan va amal qilinayotgan tizimlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.
3. Jamiyat hayotini bevosita kuzatib borish uslubidir.
4. Ekspozitsiya sohasidagi tadqiqot, uni o‘zlashtirish, konservatsiyaga oid ish, Arxiv
predmetlarini restavratsiya qilish eksperemental uslubni qo‘llashni talab qiladi.
Bu uslublarning barchasi Arxivshunoslikda o‘rganish predmetining xususiyatiga qarab
bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Arxivshunoslikda qo‘llaniladigan ilmiy uslublar hozirchaana shulardan iborat. Albatta fanning rivojlanishi bilan qo‘llaniladigan uslublar ham ko‘paya boraveradi. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti predmetiga hujjatlar bilan ilmiy ishlashning quyidagi
tamoyil va usullari kiradi:
Davlat arxivlarida hujjatlarni saqlash uchun aniqlash va ajratib olish;
Ular saqlovini to‘lakonli ta’minlash;
Hujjatlarni saqlashni ta’minlovchi usullarni o‘rganish;
Hujjatlar mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini yaratish;
Ulardan atroflicha foydalanishni tashkil etish;
Arxiv muassasalari ishini tashkil etishni o‘rganish va ilmiy jihatdan ishlab chiqish.
Mazkur ishlarni tashkil qilishda tarixiylik tamoyiliga asoslanadi.
Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti tarixiylik tamoyili – ilmiy tamoyil bo‘lib, unga muvofiq
arxivshunoslik obyekti va predmeti aniq tarixiy sharoit hamda obyekt va predmetning taraqqiyoti
qonunlarni hisobga olgan holda tadqiq etiladi.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tarix, davlat muassasalari tarixi,
manbashunoslik, yordamchi tarix fanlari, hujjatshunoslik, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlar
bilan o‘zaro bog‘liq hisoblanadi.
Tarix fani – inson jamiyatining taraqqiyoti jarayonlarini, mazkur rivojlanishning sabab va
omillarini o‘rganadi. Mazkur fan yutuklariga asoslanib, arxivshunoslik hujjatlari bilan ishlash
uslublari yaratiladi.
Davlat muassasalari tarixi – muassasa, tashkilot, idoralarning tashkil etilishidan to oxirgi
kungacha bulgan tizimi va vazifalarini o‘rganadi. U turli xil muassasalarning faoliyati va vazifalari
doirasiga ko‘ra arxiv fondlarini tashkil etish yo‘llarini aniqlashda yordam beradi.
Manbashunoslik – arxiv hujjatlarini davlat saqloviga tanlab olishda, turkumlashda va tarif
berishda, hujjatlarning tashqi va ichki tahlilini olib borishda yordam beradi.
Arxivshunoslikning yordamchi (maxsus) tarix fanlar bilan bog‘liq-ligini o‘rganishda
quyidagi fanlarga alohida to‘xtalib o‘tish zarur:
Paleografiya – qadimgi qo‘lyozmalarni o‘qish, sanasini hamda aslini aniqlash maqsadida
ularning yozma belgilari hamda boshqa tashqi alomatlarini o‘rganadi. Demak, paleografiya
qadimgi qo‘lyozma hujjatlarni saqlash uchun tanlab olishda ularning muallifi, yaratilgan joyi,
sanasini aniqlash va mazmunini o‘qib tushunishda yordam beradi.
Tarixiy xronologiya – tarixda mavjud bo‘lgan vaqt birliklariga zamonaviy vaqt birliklariga
taqqoslab bilish va hujjatlar yaratilgan joyini aniqlash uchun foydalaniladi.
Tarixiy metrologiya – qadimgi davrdagi ulchov birliklarini tushinish va ularni zamonaviy
birliklar bilan solishtirish, hujjatlarning yaratilgan joyi va vaqtini aniqlashga ko‘maklashadi.
Sfragistika – yordamida hujjatlarga qo‘yilgan muhrlar orqali ularni qaysi davlat, hudud,
idora, familiya yoki shaxsga tegishli bo‘lganligini aniqlash mumkin.
Geraldika – davlatlar gerblarining kelib chiqishi, ramzlarining ijtimoiy-huquqiy mohiyatini
aniqlashga va tushunishga yordam beradi.
Bundan tashqari epigrafika, geneologiya, numizmatika, diplomatika va tarixiy geografiya
kabi yordamchi fanlar ham muhim ahamiyatga ega.O‘rta Osiyo xalqlari qadimdan Yaqin Sharq va G‘arb davlatlari, ya’ni Urartu, Misr,
Gretsiya, Bobil, Rim kabilar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatganlar. O‘rta Osiyo
zaminida o‘tgan mashhur «Buyuk ipak yo‘li» Sharqiy Osiyo va Hindistonni O‘rta yyer dengizi
mamlakatlari bilan bog‘lar edi.
Bunday jozibali o‘lka barcha - davlatlarda chet el istilochilarining diqqat markazida
Bo‘lgan. Shu sababli taqdir taqozosi bilan O‘rta Osiyoning tarixiy qismati juda og‘ir kechdi.
Bosqinchilik urushlari, hukmron doiralarning o‘zaro ichki ziddiyatlari tufayli to‘s — to‘polonlar
ham tez — tez yuz berib turgan.
Doimiy qirg‘inlar tufayli betakror saroylar, go‘zal shaharlar, noyob inshootlar vayronaga
aylanib, yig‘ilgan bebaho madaniy boyliklar g‘oliblar o‘ljasi bo‘lardi.
Muarrix Muhammad Narshaxiyning guvohlik berishicha, arablar Poykant janglaridan
hisobsiz tillo, kumush buyumlar, qurol - aslahalar, qimmatbaho kiyim — kechaklardan iborat katta
O‘lja bilan qaytganlar. Arab istilosi davrida xazina to‘plash, madaniy boylik jamg‘arish ishlarida
durustroq siljish yuz bermadi.
O‘rta Osiyoda mustaqil Somoniylar davlatining (IX—X asrlar) barpo bo‘lishi bu borada
tubdan o‘zgarish qildi. Bu davrda saroy boyliklaridan tashqari, katta kutubxonalar, arxivlar tashkil
etildi.
Tarix guvohligicha, X asrdagi Buxoro va SHeroz amirliklari kutubxonalarida insoniyat
yaratgan ko‘plab nodir kitoblar bo‘lgan. G‘aznaviy sulolasining asoschisi Muhammad G‘aznaviy
ham juda ko‘p kitoblar to‘plagan. Xorazmshoh Muhammad mamlakatning ravnaqi yo‘lida katta
ishlar qildi. Go‘zal saroylar, qasrlar, maqbaralar qurdi. Nodir moddiy — ma’naviy boyliklar
To‘plandi, ammo bu betakror san’at va madaniyat yodgorliklari, butun shaharlar mo‘g‘ul
bosqinchilari istilosi tufayli yo‘qotildi. Kutubxonalar yondirildi, madaniy hayot 100 yillar orqaga
chekindi.
Yüklə 69,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin