REJA:
Kirish
1. Asab tizimining homila ichida rivojlanishi
2. Shartli - reflektor faoliyatni tekshirish usullari
3. Bolalar psixik-asab tizimi kasalliklari.
4. Nevroz — rivojlanish sabablari va mexanizmlari
5. Asab tizimi kasalliklarining asosiy simptomlarini tekshirish usullari
Xulosa
Kirish
stress- (ing. stress— bosim, kuchlanish, tanglik) - odam va hayvonlarda kuchli tasirotlar natijasida sodir bo’ladigan o’ta hayajonlanish, asabiylik xrlati. Organizmda har xil taasurotlarga nisbatan rivojlanadigan nomaxsus neyrogormonal reaksiya. "S." terminini kanadalik patolog G. Selye ta’riflab, tibbiyotga kiritgan (1936). Olim S holatiga olib keluvchi omilni stressorlar deb, ular ta‘sirida organizmda ro‘y beradigan o’zgarishlarni moslashish (adaptatsiya) sindromi deb atadi. Fizik (issiq, sovuq, shikastlanish va boshqalar) va psixik (qo‘rquv, qattiq tovush, o‘ta xursandchilik) stressorlar ajratiladi. Organizmda bu omillar ta‘sirini yengishga qaratilgan moslashuvchi biokimyoviy va fiziologik o‘zgarishlar rivojlanadi, bu stressorning kuchi, ta‘sir etish muddati, odam yoki hayvonning fiziologik sistemasi va ruhiy holatiga bog‘liq. Nerv sistemasi yuqori rivojlangan odam va hayvonlarda, histuyg‘u ko‘pincha stressor vazifasini o‘taydi va u fizik stressor ta‘siriga zamin tug‘diradi. Odamda bir xil kuchdagi S. ham xavfli, ham ijobiy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ma‘lum bir darajadagi S.larsiz faol hayot kechirib bo'lmaydi, chunki S.lar bo‘lmasligi bu o‘lim bilan barobar degan edi G.Selye. Demak, S.lar nafaqat xavfli, balki organizm uchun foydali ham bo‘lishi mumkin (eustress), bu holat organizm imkoniyatlarini ishga soladi, salbiy ta‘sirotlarga chidamliligini os Stress — bu oddiy va ko‗p uchrovchi holat. Qattik bezovta bo‗lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo‗lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir rahbar yoki xodim yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog‗i lozim. Nol holatdagi asabiylashishning bo‗lishi mumkin emas. Ya‘ni, asabiylashmaydigan kishi mutlaqo yo‗q. Tanida joni bor har qanday kishi u yoki bu darajadagi asabiylik holatiga tushadi.Ammo: Stressga duchor bo ‗lmaslik uchun xayrli ishlarni, masalan, mahalla, qarindosh-ypyg‗ va boshqalar uchun yaxshi ishlarni ko‗proq qilish kerak. Sabr-qanoatli bo‗lish, har qanday mushkul vaziyatga tayyor bo‗lish, o‗zini chalg‗itish lozim. Mashakqatli mehnatni yaxshi dam bilan birga olib borish, hech bo‗lmasa bir oz orom olish, tinchlanish kerak. Ishda xushfe‘l, tavozelik bo‗lish, o‗zaro hurmat va xushmuomalali inson bo‗lish lozim.
Asab tizimining homila ichida rivojlanishi .Asab tizimining taraqqiy etishi homila ichi rivojlanishining juda erta - birinchi haftasida yuz beradi. 3-4 haftalarida bosh va orqa miyaning shakllanishi boshlanadi. Ayniqsa nerv hujayralarining bir muncha tez bo' linishi homilaning 10-haftaligidan to 18-haftaligigacha markaziy nerv tizimining shakllanishining qaltis davriga to' g‗ri keladi. Homiladorlik va normal tug' ruq vaqtida zararli omillarning yo' qligi bolaning sog‗lom nerv tizimi bilan tug' ilishiga imkon beradi. Agar homila rivojlanishiga patologik omillar ta'sir etgan bo' lsa, bu holatda bola normal kechgantug‗ruq jarayonini ham qiyin o' tkazadi (antenatal shikastlanish). Bundan tashqari tug‗ruqning qiyin o'tishi miya to' qimalarining shikastlanishiga ham olib keladi (intranatal shikastlanish).
Asosiy xavfli antenatal omillar:
-onaning turli xil surunkali kasalliklari (anemiya, gipertoniya, surunkali glomerulonefrit, yurak nuqsonlari, qandli diabet, toksoplazmoz, revmatik isitma va boshqalar); homiladorlik davrida onaning o'tkir infeksion kasalliklari, shu bilan birga tibbiy dori vositalarini iste'mol qilishi.
- homila ichidagi infeksiya;
-genetik nuqsonlar (aqli zaif ota-onalardan nosog‗lom bolalarning tug' ilish ehtimoli sog‗lom ota-onalarga nisbatan 2 marta yuqori);
- ota-onaning zararli odatlari (alkogol, chekish)
- kasbiy zararliklar (og‗ir jismoniy mehnat, tebranish, silkinish);
- tashqi teratogen omillar (yuqori radiatsiya, kimyoviy moddalar va boshqalar);
- xavfli akusherlik anamnezi (16-18 yoshdan ilgari yoki 30 yoshdan keyin birinchi bolaning tug‗ilishi, tug‗ruq orasidagi interval 2 yildan kam bo' lishi, homila tushish xavfi, stress holatlar);
-muddatidan o' tgan homiladorlik, ko' p homilalik, yangi tug‗ilgan chaqaloqlarning gipotrofiyasi;
- Rh-omil va AVO tizim bo' yicha kelishmovchilik.
Bolalarda asab tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
Tug‗ilish davriga kelib bosh miya o' zining o' lchami bo' yicha eng rivojlangan a'zolardan hisoblanadi. Ammo uning barcha tuzilishlari va egriliklarining funksional imkoniyatlari past. Bu davrda tana og‗irligiga nisbatan bosh miya og‗irligi kattaroq. Yangi tug‗ilgan chaqaloq miyasi tana vaznini 1/8-1/9 qismini, 1 yillikni oxirlarida 2 marta kattalashib, tana massasining 1/11-1/12 qismini, 5 yoshda 1\14, 18-20 yoshda 1/40 qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda miya to' qimasi qon bilan yaxshi ta'minlanadi, ayniqsa kulrang modda, lekinqonning qaytishi kuchsiz. Shuning uchun unga toksik moddalar tez to' planadi. Nerv hujayralari boshqa somatik hujayralarga qaraganda 22 marta ko' p kislorod talab qiladi. Shuning uchun ko' p kasalliklarda nerv hujayralari kislorod yetishmovchiligidan nobud bo' lishi, gipoksik ensefalopatiya sifatida namoyonbo' ladi.
Miya to' qimalari oqsil moddalariga boy. 1 gr oqsil 17 gr suvni ushlab qoladi, bu esa bosh miyada shishlarni tez rivojlanishiga zamin tayyorlaydi. Oqsillar miqdori bola o' sib borgan sari 46%dan 27%gacha kamayadi. Bir yarim yilda miya to' qimalarida suvning miqdori ortadi va kattalarniki bilan tenglashadi. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlar bosh miyasining barcha beshta qismi anatomik tuzilishi jihatdan kattalarniki bilan bir xil. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda bosh miya po' stlog‗i hali yetilmagan bo' ladi. U oliy nerv faoliyati shakllanishini ta'minlaydi va barcha miya qismlaridan kechroq, 5-6 yoshga kelib shakllanadi. Nerv tolalarining miyelinizasiyasi nerv hujayralarining tanasidan boshlab, periferik qismi tomon asta sekin rivojlanadi va 3-5 yoshga kelib tugallanadi.Nerv tizimining asosiy hujayrasi - neyrotsit. Kattalarda bunday hujayralar 16 mlrd. Biroq, tarqoq holatdagi diffuz joylashgan yyetuk neyrotsitlar hujayralarning umumiy miqdorini faqat 25%ini tug‗ilish davrida tashkil qiladi. Agar katta kishilardagi bosh miyasining hujayralar soni 100% deb olinsa, 6 oylikda 66%, 1 yoshda - 90-95% shakllangan bo' ladi. Shu sabab, bolalarning asab tizimidagi kasalliklari 1,5 yoshgacha aniqlanishi zarur, chunki kech qolib davolash yaxshi natija bermaydi. Yetilgan hujayralarning miqdoriy tarkibidan tashqari, yangi tug‗ilgan bolada gistologikyetilmaganligi ham ahamiyatga ega. Ular shakli jihatidan ovalsimon, bitta aksonli, yadrosi donador,dentritlari yo' q bo' ladi.
Orqa miya suyuqligi. Chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi kam miqdorda va bosimi past bo' ladi (normada bosim 100 - 120 ml. suv ustuni). Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda miqdori 20 - 30 ml, ko' krakyoshidagi bolalarda 40 - 60 ml, katta bolalarda 150 - 200 ml. Yangi tug‗ilgan chaqaloqlarda orqa miya suyuqligi sarg‗ish yoki sarg‗ish yashil rangga bo' yalgan, bu rangli bilirubin borligi xisobiga va fiziologikksantoxromiya deyiladi. Chaqaloqlarda gemato-entsefalitik barer sustligi natijasida yuzaga keladi. Orqa miya suyuqligi tarkibida oqsilning yuqoriligi (Pandi reaktsiyasi musbat) ham gemato-entsefalitik barersustligi bilan tushuntiriladi, hujayralar soni ham yuqori va qand bir oz kam bo' ladi.
Asab - ru
Dostları ilə paylaş: |